Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi vatandoshlarni mamlakatni tark etishga chaqirdi
O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi vatandoshlarga murojaat qildi. Elchixona o‘zbekistonliklarni Ukrainaga borishdan tiyilishga, Ukrainada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni esa mamlakatni tark etishga chaqirdi.
«Ukraina shaharlariga raketa hujumlarining kuchayishi ortidan O‘zbekiston respublikasi fuqarolarining Ukrainaga kelish va ushbu davlatda bo‘lish yuzasidan qilgan murojaatlariga javoban, elchixona yana bir bor vatandoshlarimizni ziddiyat iziga tushguniga qadar Ukrainaga sayohat qilishdan cheklanishga chaqiradi.
Bundan tashqari, frontdagi vaziyatning keskinlashuvi hamda butun Ukraina bo‘ylab raketa va artilleriya zarbalarining davom etishi ehtimoli yuqoriligidan kelib chiqib, vatandoshlarimizdan shaxsiy xavfsizlik nuqtai nazaridan ushbu mamlakatni tark etishlarini so‘raymiz», deyiladi elchixona bayonotida.
Mavzuga oid
14:30
Nemis biznesi Ukrainaga yordamni Germaniya buyurtmalari bilan bog‘lamoqchi
12:24
Germaniya Ukrainaga investitsiya kiritish bo‘yicha yangi dasturni boshlayapti
11:55
Ukraina Germaniyada jangovar dronlar ishlab chiqarishni boshlayapti
11:42