Özbekistonning Ukrainadagi elçixonasi vatandoşlarga murojaat qildi. Elçixona özbekistonliklarni Ukrainaga borişdan tiyilişga, Ukrainada bölib turgan özbekistonliklarni esa mamlakatni tark etişga çaqirdi.

«Ukraina şaharlariga raketa hujumlarining kuçayişi ortidan Özbekiston respublikasi fuqarolarining Ukrainaga keliş va uşbu davlatda böliş yuzasidan qilgan murojaatlariga javoban, elçixona yana bir bor vatandoşlarimizni ziddiyat iziga tuşguniga qadar Ukrainaga sayohat qilişdan çeklanişga çaqiradi.

Bundan taşqari, frontdagi vaziyatning keskinlaşuvi hamda butun Ukraina böylab raketa va artilleriya zarbalarining davom etişi ehtimoli yuqoriligidan kelib çiqib, vatandoşlarimizdan şaxsiy xavfsizlik nuqtai nazaridan uşbu mamlakatni tark etişlarini söraymiz», deyiladi elçixona bayonotida.