O‘zbekiston | 02:35 / 17.05.2018
23235
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh O‘zbekistonda ingliz tili bo‘yicha ta'lim dasturlarini amalga oshirishda ko‘mak beradi

Foto: AP

AQSh Prezidenti Donald Tramp 16 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv paytida Amerika ​O‘zbekistonda ingliz tili bo‘yicha ta'lim dasturlarini amalga oshirishda ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekanligini ta'kidladi​. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Prezidentlar ikki mamlakat o‘rtasida ta'lim sohasidagi hamkorlikka o‘z hissasini qo‘shadigan Xalqaro ta'lim bo‘yicha Amerika kengashlarining O‘zbekistonda akkreditatsiya qilinishini olqishladilar. Prezident Donald Tramp AQSh O‘zbekistonda ingliz tili bo‘yicha ta'lim dasturlarini amalga oshirishda ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekanligini ta'kidladi hamda “Amerika ovozi”ning O‘zbekistonda akkreditatsiya qilinganligi va uning Amerika ommaviy axborot vositalari uchun ushbu mamlakatda keng imkoniyatlar yaratishini yuqori baholadi", deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Til o‘rganish va ta'limdagi hamkorlik Amerika Kengashlari (ACCELS/ The American Councils for Collaboration in Education and Language Study​) xalqaro tashkiloti O‘zbekistonda faoliyatini boshlash uchun Adliya vazirligiga murojaat qilgani haqida xabar bergan edik.

Mavzuga oid