Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda qanday sudlar faoliyat ko‘rsatadi?
Foto: Fotolia
O‘zbekiston Respublikasida Fuqarolik ishlari bo‘yicha, jinoyat ishlari bo‘yicha, iqtisodiy, ma'muriy va harbiy sudlar, shuningdek hakamlik sudlari faoliyat ko‘rsatadi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi axborot xizmati.
Sudlar fuqarolarning huquq va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qiladi.
Barcha fuqarolar, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar buzilgan huquqlari yuzasidan sudga og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda murojaat qilinadi.
Sudlarga ikki xil toifadagi murojaatlar qilish mumkin:
birinchisi, bu oddiy xat tarzidagi (muayyan ish bilan bog‘liq bo‘lmagan) murojaatlar, ya'ni ariza, taklif, shikoyatlar;
ikkinchisi, muayyan nizo yoki ish bilan bog‘liq bo‘lgan murojaatlar, ya'ni ariza, da'vo arizasi, iltimosnoma, shikoyatlar.
Birinchi toifadagi murojaatlar O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan tartibda, ya'ni sudga kelib tushgan kundan e'tiboran 15 kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa, 1 oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqilishi lozim. Agar ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish muddati uzaytirilganda bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi.
Ikkinchi toifadagi murojaatlar tegishlicha fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda Jinoyat-protsessual kodeksida, iqtisodiy sudlarda Iqtisodiy protsessual kodeksida, ma'muriy sudlarda Ma'muriy sud ishlarini yuritish va Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Mavzuga oid
17:45 / 18.02.2026
O‘ta og‘ir jinoyatlarni hakamlar hay’ati ishtirokida ko‘rib chiqish yo‘lga qo‘yiladi
21:19 / 13.02.2026
Li 9 va BYD to‘qnashuvi: Toshkent sudlari yana shov-shuvli ish markazida
19:37 / 07.02.2026
Farg‘onada nohaq ayblanib qamalgan bojxona inspektori 15 yildan so‘ng oqlandi
21:06 / 29.01.2026