Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
Quva tumanidagi maktablardan birining direktori ishdan olindi. U o‘qituvchilarning maoshidan «Tashabbusli budjet»da ovoz yig‘ish uchun 700 ming so‘mdan ushlab qolmoqchi bo‘lgan.
Foto: Kun.uz
Quva tumanidagi maktablardan birida direktor o‘qituvchilarning oylik maoshidan «Tashabbusli budjet»da ovoz yig‘ish uchun 700 ming so‘mdan ushlab qolmoqchi bo‘lgan. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ma’lum qildi.
«Tizimda ba’zan jamoaga noto‘g‘ri talablar qo‘yayotgan, turli maqsadlar uchun mablag‘ yig‘ish topshiriqlarini berayotgan, bir so‘z bilan aytganda hamon eskicha fikrlayotgan mas’ullar ham uchrab turibdi.
Yaqinda Quva tumanidagi maktablarning birida o‘qituvchilarning oylik maoshidan «Tashabbusli budjet»da ovoz yig‘ish uchun 700 ming so‘mdan ushlab qolishni talab qilgan direktor bilan mehnat shartnomasini bekor qildik.
Bu loyiha qisqa muddatda ochiqlik, fuqarolarning budjet jarayonida ishtirokini oshirishga xizmat qilishi bilan e’tiborga tushdi. Bu ijobiy islohotlarga o‘qituvchi, ta’lim xodimlarini majburiy ovoz berishga jalb etish, ular maoshidan pul yig‘ishlar bilan soya solmaylik.
Yana bir bor eslatmoqchiman, pedagoglarni ularning vazifasiga kirmaydigan ishlarga jalb qilish, turli maqsadlar uchun mablag‘ yig‘ish kabi holatlar bilan hech qachon murosa qilmaymiz», deya yozdi vazir.
Mavzuga oid
17:27 / 09.01.2026
Respublika bo‘yicha navbatchilikka chiqqan o‘qituvchilarga qo‘shimcha haq to‘lanadi – manba
16:35 / 05.01.2026
Buvaydadagi maktabda o‘qituvchilar tun-u kun navbatchilikda turishga majburlanyapti
13:12 / 03.01.2026
«Besh million sun’iy intellekt yetakchilari»: eng yaxshi maktablar elektromobil oladi
09:16 / 31.12.2025