Namangan viloyatidagi ayrim maktablarda öqituvçi va öquvçilar “Mutolaa” loyihasi ilovasiga majburiy obuna bölişga jalb etilmoqda.
Kun.uz'ga xabar bergan bir-biridan mustaqil manbalarga köra, maktablarda ma’naviy-ma’rifiy işlar uçun mas’ul xodimlarga yuqoridan topşiriq berilgan bölib, ular bu vazifani barça sinf rahbarlariga yuklagan. Natijada boşlanğiç va yuqori sinf öquvçilariga mazkur platformani yuklab olib, skrinşot yuboriş topşiriği berilgan.
Har bir maktabga kunlik kamida 200 ta obuna jalb qiliş böyiça norasmiy limit belgilangan. Topşiriq yuzasidan rasmiy xat yoki buyruq mavjud emas.
“Ma’naviyatçilar xonama-xona yurib topşiriq berişdi, ulanib skrinşot qilib taşlaşimizni buyurişdi. Özimizning telefonimizdan yoşimizni özgartirib, ya’ni yoşimizni kiçraytirib ulandik. Skrinşot taşlab berdik”, deydi manba.
“Mutolaa” platformasi – Yoşlar işlari agentligi tomonidan yoşlar örtasida kitobxonlikni ommalaştirişga qaratilgan loyiha hisoblanadi. Platformada kitoblarni elektron şaklda öqiş yoki audio şaklida tinglaş mumkin.
Agentlik axborot xizmati holat yuzasidan Kun.uz’ga bergan rasmiy munosabatida bunday amaliyotga yöl qöyilmasligini bildirdi.
“Bu ilovaga ulaniş majburiy emas. Agar şunday holat aniqlansa, mas’ul xodimlarga nisbatan xizmat tekşiruvi ötkazilib, mehnat şartnomasi qayta körib çiqiladi. Platformada obunaçilar yetarli, majburlaşga hojat yöq. Bu holat rahbariyatning jiddiy e’tiroziga sabab böldi. Ayni paytda holat örganilmoqda, aniqlangan taqdirda qat’iy çoralar köriladi”, deyiladi agentlik izohida.
Agentlik tekşiruv natijalari böyiça qöşimça ma’lumot berilişini ma’lum qildi.
Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi ham bu borada aniqlaştiriş işlari ketayotganini aytdi.
Majburiy obuna – köp yillar davomida budjet taşkilotlari xodimlari uçun oğriqli masalaga aylangan, ammo oxirgi yillarda obunaga ommaviy majburlaş kampaniyalari susaygani kuzatilgan.

















