Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirusdan davolanayotgan abituriyentlardan ariza bilan murojaat qilish so‘raldi
Koronavirusga chalinib, davolanayotgan abituriyentlar Davlat test markaziga ariza va COVID-19 tasdiqlangani to‘g‘risidagi ma'lumotnomani taqdim etishi lozim.
Foto: Kun.uz
«Ularning arizalarini ko‘rib chiqib, Davlat qabul komissiyasiga murojaat etmoqchimiz. Taklif ma'qullansa, ular uchun imtihonga kelganda tana harorati yuqoriligi aniqlangan abituriyentlar bilan birgalikda imtihon tashkillashtiriladi», – dedi DTM boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov 6 sentyabrdagi matbuot anjumanida.
Avvalroq DTM direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov koronavirus tasdiqlangan abituriyent test hududiga ishonchli vakil bilan kelishi va dalolatnoma tuzdirishi kerakligi haqida aytgan edi.
To‘lovni to‘g‘ri amalga oshirmagan abituriyentlarga ham testda ishtirok etish imkoni beriladi
Bugungi matbuot anjumanida ma'lum qilinishicha, joriy yilgi kirish imtihonlarida testda qatnashish uchun to‘lovni to‘g‘ri amalga oshirmagan yoki o‘zini bazadan o‘chirgan abituriyentlarga ham testda ishtirok etish uchun imkoniyat beriladi.
«Ayrim abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tib, bilib-bilmasdan ma'lumotlarini o‘chirgan. Bunday abituriyentlarga test sinovlari 13 sentyabrgacha davom etsa, imtihonning oxirgi kunlarida test sinovlarida ishtirok etish imkoni beriladi», – dedi Barno Rajabov.
U abituriyent imtihon vaqtida test kitobchasidagi nuqsoni bor savollar haqida vaqtida nazoratchilarni ogohlantirmagan bo‘lsa, uning da'vosi apellyatsiyada inobatga olinmasligini eslatdi.
Mavzuga oid
15:10 / 07.12.2023
Avval test ishlab, keyin qayerda o‘qish tanlanadi – 2024 yildan abituriyentlar qabuli o‘zgaradi
15:07 / 03.11.2023
Umumta’lim fanlaridan o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi
15:01 / 21.09.2023
Maksimal ball to‘plab kontraktga kirgan talabalar grantga o‘tkaziladi
08:22 / 12.09.2023