Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim oilalar farzandini qabul qilgan bog‘chalarga ota-onalar to‘lovi bir qismi qoplab beriladi
Ayrim toifadagi oilalar farzandlarini qabul qilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ushbu bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovining bir qismini davlat budjetidan qoplab berish to‘g‘risida nizom loyihasi e’lon qilindi.
Foto: Kun.uz
Nizom oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan ayrim toifadagi oilalar farzandlarining bola ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovining 40 foizini davlat budjetidan qoplab berish tartibini belgilaydi.
Ayrim toifadagi oilalar farzandlarini nodavlat ta’lim tashkilotlariga jalb qilishning maqsadi – mazkur toifadagi oila farzandlarini maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilashdan iborat.
Ayrim toifadagi oilalarning farzandlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar «Bolalar bog‘chasi» maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimida «Raqamli hukumat» tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali shakllantiriladi va «Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish» axborot tizimiga uzatiladi.
Kompensatsiya to‘lanadigan ayrim toifadagi oilalar farzandlari ro‘yxati axborot tizimi tomonidan avtomatik ravishda quyidagi tartibda aniqlanadi:
- nodavlat ta’lim tashkilotida qabul qilingan ayrim toifadagi oilalar farzandlari soni belgilangan miqdordan ko‘p bo‘lganda ayrim toifadagi oilalarning «qizil», «sariq» toifasiga qarab ustuvorlik beriladi;
- bir xil toifadagi oilalar farzandlari soni nodavlat ta’lim tashkilotida belgilangan miqdordan ko‘p bo‘lganda, ularning nodavlat ta’lim tashkilotiga qabul qilingan sanasiga qarab ustuvorlik beriladi;
- ayrim toifadagi oilalar farzandlari nazarda tutilgan imtiyozlardan to‘liq foydalanib, ro‘yxatdan chiqarilgandan so‘ng, ularning o‘rniga yuqoridagi band talablari asosida ayrim toifadagi oilalar farzandlari uchun kompensatsiya belgilanadi.
Kompensatsiya to‘lab berilishi belgilangan ayrim toifadagi oilalar farzandlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar nodavlat ta’lim tashkilotining axborot tizimidagi shaxsiy kabinetida aks etadi.
Ayrim toifadagi oilalar, farzandlarining bola ta’minoti uchun kompensatsiya belgilangani yoki to‘xtatilgani haqida quyidagicha xabardor qilinadi:
- shaxsiy telefon raqamiga sms-xabar yuboriladi yoki mobil ilova orqali ma’lumot taqdim etiladi;
- nodavlat ta’lim tashkiloti rahbari tomonidan og‘zaki yoki yozma shaklda xabardor qilinadi.
Ayrim toifadagi oilalarning ota-onalar badali to‘lovlarini qoplash uchun nodavlat ta’lim tashkilotiga kompensatsiya tegishli hududdagi 9 soatlik ish rejimidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan ota-onalar badali to‘lovlari miqdoridan kelib chiqib belgilanadi:
- kompensatsiya nodavlat ta’lim tashkilotiga qabul qilingan ayrim toifadagi oilalar farzandlarining bola ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovining 40 foizi miqdorida ajratiladi;
- kompensatsiya nodavlat ta’lim tashkilotiga haqiqatda qatnayotgan ayrim toifadagi oilalar farzandlari sonidan kelib chiqib, biroq Maktabgacha va maktab vazirligi bilan nodavlat ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuzilgan bitimda belgilangan o‘rinlarning 15 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismiga ajratiladi;
- kompensatsiya nodavlat ta’lim tashkilotining hisobvarag‘iga ularga ajratiladigan subsidiyalar bilan birga to‘lab boriladi.
Kompensatsiyaning oylik to‘lovi summasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari asosida tarbiyalanuvchining haqiqiy davomatidan kelib chiqqan holda axborot tizimida hisoblanadi.
Mavzuga oid
15:43 / 27.12.2025
“Davlat ta’minotidagi oila”lar uchun ijtimoiy yordam paketi joriy etiladi
15:26 / 27.12.2025
Yagona milliy ijtimoiy himoya: oilalar 3 toifaga ajratiladi
19:51 / 24.12.2025
Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalar uchun professional tutingan oila xizmati yo‘lga qo‘yiladi
13:40 / 07.11.2025