Ma’lumotga köra, mazkur oila Abakanda oğir moddiy ahvolga tuşib, moliyaviy va konsullik yordamiga muhtoj bölgan. Boş konsulxona vaziyatni tezkor örganib, qaytiş uçun zarur hujjatlarni tayyorladi, Migratsiya agentligi vakolatxonasi yordamida aviaçiptalar xarid qilindi va oila Özbekistonga jönatildi.

Taşqi mamlakatlardagi konsullik idoralari amalga oşirayotgan bunday xayrli işlar Yangi Özbekiston taşqi siyosatining insonparvar yönalişini namoyon etadi. 

Rasmiy ma’lumotda ta’kidlanişiça, Özbekistonning heç bir fuqarosi e’tibordan çetda qolmaydi, zarurat tuğilgan hollarda ularning vatanga yetib kelişi uçun barça tegişli amallar bajariladi.