Energetika vazirligi elektr energiyasidagi vaqtincha uzilishlar haqida ogohlantirdi
«Tolimarjon» IESda ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi matbuot xizmati «Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasi»da ta'mirlash ishlari olib borilayotgani haqida ma'lumot berdi.
«Bugun, 8 noyabr kuni kech soat 24:00ga qadar respublikamizning ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtincha uzilishlar bo‘ladi.
«Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasi»ning 450 MVt quvvatga ega elektr energiyasini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan energoblokida gaz filtrlarini tozalash uchun ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan respublikamizning ayrim hududlarida bugun, 8 noyabr kuni soat 24:00ga qadar elektr energiyasida vaqtincha uzilishlar bo‘ladi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste'molchilardan uzr so‘raymiz», deyiladi xabarda.
Bundan avvalroq Kun.uz saytida so‘nggi kunlarda O‘zbekistonning ko‘p hududlarida, ayniqsa vodiy viloyatlarida elektr energiyasi ta'minotida uzilishlar kuzatilayotgani haqida xabar qilingandi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda ayni paytda elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi 8ta IES bor – «Tolimarjon», «Angren», «Yangi Angren», «Navoiy», «To‘raqo‘rg‘on», «Taxiatosh», «Sirdaryo» va «Toshkent» issiqlik energiya stansiyalari. Shuningdek, 3ta issiqlik elektr markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Mavzuga oid
09:33 / 28.07.2024
Energetika vazirligi elektr energiyasi rejali o‘chirilishi haqidagi xabarlarni rad etdi
17:29 / 19.07.2024
«Bu yolg‘on» – iqtisodchi Energetika vazirligining yuridik shaxslarga elektr toki uchun oshirilgan tariflar qo‘llashga oid argumentlarini rad etdi
21:44 / 18.05.2024
Noqulay ob-havo sharoiti tufayli tarmoqdan uzilgan iste’molchilarning elektr ta’minoti to‘liq tiklandi
12:59 / 15.05.2024