O‘zbekistonda 15 mart, yakshanba kuni metan zapravkalar soat 10:00 dan soat 16:00 gacha ishlaydi, deya xabar qilmoqda Energetika vazirligi.
Farg‘ona vodiysidagi zapravkalarning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimidan kelib chiqib amalga oshiriladi, deya qayd etdi vazirlik.
Avvalroq vazirlik 14 martdan boshlab metan zapravkalar faoliyati bosqichma-bosqich qayta tiklanishini ma’lum qilgandi. Biroq shu kuni ham cheklovlar saqlanib qoldi.










