Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Burger King O‘zbekistonda faoliyat boshladi
Xalqaro restoran brendi Burger King O‘zbekiston bozoriga kirib kelganini rasman e’lon qildi. U mamlakat mehmonlariga yuqori sifat standartlarini, sinovdan o‘tgan xalqaro xavfsizlik me’yorlarini va noyob tajriba taqdim etmoqda.
Foto: Burger King
Burger King o‘z falsafasini oddiy, ammo muhim qadriyatlar asosiga quradi: kuchli bo‘l, halol bo‘l, o‘z fikringga ega bo‘l. Kompaniya aynan shu tamoyillarni O‘zbekistonga olib keladi.
Xalqaro restoran brendi Burger King O‘zbekiston bozoriga kirishini rasman e’lon qildi. Ochilish marosimida xalqaro tashkilotlar va biznes soha vakillari qatnashdi. Tadbirda International Beverages Tashkent kompaniyasi rahbari Shuhrat Ergashev ham ishtirok etib, barcha mehmonlar ilk burgerlarga baxo berdilar.
Mehmonlarni - mashhur flame-grilled kotletlari va olovda tayyorlangan taomlar kutmoqda. An’anaviy taomlar bilan bir qatorda, brend o‘zbekistonlik mehmonlarning didini hisobga olgan holda mahalliy retseptlarni ham joriy etadi.

"Biz O‘zbekistonga uzoq muddatga va jiddiy niyatlar bilan kelmoqdamiz. Bu biz uchun shunchaki xaritadagi yangi nuqta emas, balki tez o‘zgarayotgan va rivojlanayotgan bozor bilan hamkorlikdir. Ushbu o‘sish jarayonining bir qismi bo‘lishdan mamnunmiz”, - deya ta’kidladi kompaniya bosh direktori V. Dutkinskiy.
Ochilish tezkor xizmat ko‘rsatish sohasidagi muhim xalqaro qadamlardan biri bo‘lib, kompaniya uchun mamlakatda samarali o‘sishda mustahkam poydevor yaratadi. Brend zamonaviy restoran dizayni, yangi ish o‘rinlari va uzoq vaqtdan beri Burger King ramziga aylangan yuqori xizmat ko‘rsatish standartlarini va’da qilmoqda.

Xalqaro brend Burger King O‘zbekistonga rasman kirib kelib, yangi ta’m taassurotlarini, yorqin his-tuyg‘ularni va shaxsan baholashga arziydigan noyob tajribani taqdim etadi.
16 dekabrdagi Burger King ochilishi ulkan voqea bo‘lib, Toshkentda yana uchta filial ochilishi rejalashtirilgan. Bu butun mamlakat bo‘ylab tarmoqni yanada kengaytirish uchun poydevor bo‘ladi.

Ma’lumot uchun:
Burger King - 1954 yilda Jyeyms MakLamor va Devid Ejyerton tomonidan asos solingan Amerika kompaniyasidir. Bugungi kunda u 86 mamlakatda 12 600 dan ortiq muassasaga ega bo‘lgan dunyodagi ikkinchi yirik tezkor ovqatlanish restoranlari tarmog‘i hisoblanadi. Unda har bir mehmon o‘z didiga ko‘ra masalliqlarni qo‘shish yoki olib tashlash orqali buyurtmasini o‘ziga moslashtirishi mumkin.
Mavzuga oid
13:00 / 19.04.2025
Burger King yaqin oylarda O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshlaydi
23:30 / 10.10.2024
Internetda Burger King’ning 5 milliondan ortiq mijoziga oid ma’lumotlar tarqalib ketdi
20:40 / 13.11.2019
Burger King Yevropada sun'iy go‘shtdan tayyorlangan burgerlar sotishni boshladi
17:28 / 12.11.2019