Angliyaning Love Money portali 1945-2001 yillar davomida faoliyatini boşlagan yirik kompaniyalarni sanab, ularga qisqaça töxtalib ötdi. Röyxatga qarab, 18 yoşdan 74 yoşgaça bölganlar özlari tuğilgan yilda qaysi maşhur kompaniyaga asos solinganini bilib olişlari mumkin.

Birinçi maqolamiz 1945-1960 yillarda tuğilganlarga bağişlanadi.

1945 yil – Minute Maid

1945 yilda Boston milliy tadqiqot korporatsiyasi AQŞ armiyasi uçun apelsin şarbatini kukunga konsentratsiya qilişning yangi usulini işlab çiqdi va Florida Foods kompaniyasiga asos soldi. Uruş tugagaç, firma Minute Maid nomi ostidagi muzlatilgan şarbat konsentratini savdoga çiqardi.

1960 yilda içimlik maşhurlikka erişgani sababli öz nomini Minute Maid’ga özgartirgan kompaniya Coca-Cola nazoratiga ötdi.

1946 yil – Sony

Muhandis Masaru Ibuka Tokioda joylaşgan, uruşdan keyin yarim vayrona ahvolda yotgan «Nihonbashi» savdo markazida elektr qurilmalarini ta'mirlaş ustaxonasini oçdi.

Biroz vaqt ötgaç, Ibuka dösti, fizik Akio Morita bilan birga öşa binoning özida elektrotexnikani işlab çiqarişni yölga qöydi. Kompaniya Tokyo Tsushin Kogyo deb nomlandi.

Kompaniyaning ilk mahsuloti bölmiş radiopriyomniklar hatto xorij dasturlarini ham uzata olardi. Tokyo Tsushin Kogyo 1955 yilda Sony deb qayta nomlandi. Bunday nom Amerika bozori uçun jarangdor va qulay bölib köringandi.

1947 yil – H&M

Brend asosçisi Erling Person 1947 yilda Şvetsiyaning Vesteros şahrida Hennes (şved tilida «Uning uçun» degan ma'noni anglatadi) ayollar kiyimlari dökonini oçdi. 1968 yilda ovçi va baliqçilar uçun möljallangan Mauritz Widfors dökoni xarid qilingaç, assortiment erkaklar va bolalar uçun kiyimlar bilan töldirildi. Nom esa «Hennes & Mauritz» deb özgartirildi.

Hozir H&M dunyo böylab 5 mingga yaqin dökonga ega. U kiyim-keçaklar bilan savdo qiliş hajmi böyiça Inditex (Zara, Bershka, Pull & Bear egasi) korporatsiyasidan keyin ikkinçi örinda.

1948 yil – ManpowerGroup

Uşbu rekruting kompaniyasi «Fortune 500» röyxatiga kirgan. Kompaniyaga advokatlar Elmer Vinter va Aaron Şayfeld asos solgan.

Ikki oğayniga hamkorlikdagi loyihalar uçun maşinistkalarning vaqtinçalik xizmatlari kerak edi. Ular kadr agentliklariga murojaat qilişgan, biroq bozorda maşinistka-xodimlar xizmatini taklif etuvçi kompaniyalar yöqligini aniqlaşgan.

1949 yil – 20th Century Fox Television

Betmen haqidagi ilk serial, «Meş», «Simpsonlar», «Baffi», «Futuramu», «24» va boşqa köplab loyihalarni tayyorlagan televizion studiya.

1950 yil – Diner's Club

1949 yilda Hamilton Credit Corporation kredit kompaniyasi direktori Frenk Maknamara Nyu-Yorkda mijozlari bilan tuşlik qilayotib, pulini uyda qoldirgani va hisobni tölay olmasligini tuşundi. Şuning ortidan kelajakda restoranlarda tölov uçun naqd pul örniga kredit kartalarini beradigan «restoran işqibozlari klubi»ni oçişga qaror qildi.

Diner's Club – köngil oçiş va sayohatlar uçun, şuningdek kredit kartalari bilan işlaydigan xalqaro tölov tizimlariga ega ilk mustaqil kompaniyaga aylandi.

1951 yil – Texas Instrumens

Bu kompaniya yarimötkazgiç, elektronika va mikroçizmalar işlab çiqaradi. U dunyo miqyosida yarimötkazgiçlarni işlab çiqaruvçi kompaniyalar öntaligidan joy olgan.

Kompaniyaga 1951 yilda AQŞ armiyasi va harbiy-dengiz kuçlari hamda neftni qayta işlaş sanoati uçun seysmik razvedka qurilmalarini işlab çiqaruvçi GSI qayta taşkil etilganidan keyin asos solingan.

1952 yil – Eastpak

Ryukzak, jomadon va ğildirakli sumkalar işlab çiqaruvçi kompaniya. Eastern Canvas Producs’ga AQŞ armiyasi bilan kanopdan ryukzak işlab çiqarişga şartnoma tuzgan Monti Goldman asos solgan.

1976 yilda iste'molçilar bozoriga ötilganidan keyin Eastern Canvas Producs öz nomini Eastpak’ka özgartirdi.

1953 yil – Epic Records

Ovoz yozuvçi kompaniya jazz va klassik musiqa bilan savdo qiliş maqsadida Columbia Records’dan ajrab çiqdi. Ön yil ötgaç, Epis rok-n-roll, kantri va R&B bilan işlay boşladi.

Epic Records bilan hamkorlik qilgan ijroçilar orasida AC/DC, Maykl Jyekson, ABBA, The Clash, RatM bor. 1988 yildan beri u Sony Music Entertainment’ga tegişli.

1954 yil – Burger King

Burger Kinğning ötmişdoşi InstaBurger King 1953 yili Jyeksonvilda, asosçilar McDonald's restoraniga borişganidan keyin oçilgan. Oşxonaning işlaş tamoyili va taomlarga yondaşuv raqibnikidan olingan.

Asosçilar tarmoqni rivojlantirişga harakat qilişdi, biroq korxona inqirozga uçradi va uni françayzlar Jyeyms MakLamor va Devid Edgerton sotib olişdi. 1954 yilda ular kompaniyani Burger King deb qayta nomlaşdi.

Kompaniya egalari jami tört marta almaşdi. 2018 yilning 31 dekabriga kelib 100ta mamlakatda 17 796 ta Burger King restoranlari faoliyat olib borayotgandi. Ulardan 99,7 foizi – franşiza asosida.

1955 yil – McDonald's

Kompaniya biznesi 1940 yilda ilk restoranning oçilişi bilan boşlangan. Biroq korporatsiya 1955 yilni özining «tuğilgan yili» deb hisoblaydi. Aynan şu yili tadbirkor Rey Kron ilk françayzing restoranini oçdi va McDonald's’ni tarmoqqa aylantirdi.

1956 yil – Tefal

Idiş-tovoq va maişiy texnika işlab çiqaruvçi, taom tagiga olmasligiga qarşi qoplamali tovani yaratgan fransuz kompaniyasi. Unga muhandislar Mark Greguar va Lui Xartmann asos solişgan.

Kompaniya 1956 yil söngiga kelib kompaniya kuniga 100tadan tova işlab çiqara boşlagan, 1961 yilda talab oyiga 1 millionta buyumga yetgan.

1957 yil – McCain Foods

Muzlatilgan kartoşka işlab çiqariş böyiça dunyodagi yirik kompaniya. Unga aka-uka Garrison, Robert, Endryu va Uolles Makkeynlar asos solişgan. Ular oilaviy korxonada yetiştirilgan muzlatilgan kartoşkani sotişdan boşlaşgan edi.

Birinçi yili kompaniya 30 nafar xodimni yollab, 150 ming dollardan ortiq daromad oldi. 2017 yilda kompaniya tuşumi 6,8 mlrd dollarni taşkil qildi.

1958 yil – Visa

Ikkita xalqaro tölov tizimidan biri. Asosçisi – Bank of America. Taşkilot kartalar sertifikatsiyasini işga tuşirgan va asta-sekin uyuşmaga asos solib, ularni işlab çiqariş uçun litsenziyani boşqa banklarga sota boşlagan.

1976 yil Vetnamdagi uruş tufayli AQŞning obrösiga putur yetadi. BankAmericard’ning jahondagi maşhurligiga zarar yetmasligi uçun rahbariyat tizimni VISA (Visa International Service Association) deb qayta nomlaydi.

1959 yil – Ellesse

Leonardo Servadio tomonidan asos solingan italyan sport brendi. Ellesse nomi uning ismi şarifi birinçi harflari – LS’dan kelib çiqqan. 1970-yillarda brend çanğiçilar va tennisçilar örtasida maşhurlikka erişgan.

Ellesse logotipi buyumlarning taşqi tomoniga tuşirilgan ilk sport brendlaridan biriga aylandi. Undan Muhammad Ali, Rojyer Mur, Anna Kurnikova va boşqa sportçi hamda maşhur kişilar foydalanişdi.

1960 yil – Dominös Pizza

1960 yili aka-uka Tom va Jyeyms Monagan 75 dollar garov tölab, keyingi xarajatlar uçun 500 dollar qarz olib, kiçik pitssaxona – DomiNick's Pizza’ni sotib olişdi. Sakkiz oydan keyin Jyeyms biznesdagi özining uluşini Volkswagen Beetle’ga almaşdi.

Pitssaxona kiçik bölgani uçun işlab çiqarişni yetkazib beriş hisobiga kengaytiriş mumkin edi. 1965 yilda kompaniya Dominös Pizza deb qayta nomlandi, 1967 yilda esa franşiza böyiça ilk restoran oçildi.

Hozirda tarmoqning 11 mingdan ortiq pitssaxonalari mavjud.