Gazdan foydalanish qoidalarini muntazam ravishda qasddan buzganlar ro‘yxati tuziladi
1 dekabrgacha tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini muntazam ravishda qasddan buzgan iste’molchilarning yagona elektron reyestri joriy etiladi.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati
Elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi fotosuratlar va videoyozuvlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi qarori e’lon qilindi.
Yoqilg‘i-energiya resurslarini talon-toroj qilishning oldini olish hamda ulardan oqilona foydalanish sohasida jamoatchilik nazoratini o‘rnatishga qaratilgan Uzenergo mobil ilovasi 1 noyabrgacha ishlab chiqiladi.
Huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni taqdim etgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi va ularga murojaati natijalari yuzasidan ma’lumotlar yuboriladi.
2023 yil 1 dekabrgacha huquqbuzarlik holatlari, shu jumladan, tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini muntazam ravishda qasddan buzgan iste’molchilarning yagona elektron reyestri joriy etiladi. Reyestr Energetika vazirligi tomonidan yuritiladi hamda unga kiritilgan ma’lumotlardan manfaatdor vazirliklar va idoralar xavflarni baholash mezoni sifatida foydalanadi.
2023 yil dekabrgacha “O‘zenergoinspeksiya”ning mas’ul xodimlari texnik vositalar, zarur uskunalar (planshet va boshqalar) bilan ta’minlanib, Uzenergo mobil ilovasining to‘liq ishlashi uchun server uskunalari xarid qilinadi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Balida blekaut yuzaga keldi
Jahon | 23:18
-
2 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:47
-
Saida Mirziyoyeva AQSh Mustaqilligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan qabulda ishtirok etdi
O‘zbekiston | 22:25
-
Toshkentda uyda giyohvand o‘simligini yetishtirgan shaxslar qo‘lga olindi
Jamiyat | 22:08
Mavzuga oid

15:20 / 01.05.2025
Gaz quyish shoxobchalarida metan narxi 5200 so‘mgacha qimmatlashdi

11:55 / 28.04.2025
Elektr va gaz qurilmalarini o‘rnatish tartibi o‘zgartirildi

12:53 / 17.04.2025
Xitoy Rossiyaning yana bir loyihasini rad etdi

11:18 / 17.04.2025