O‘zbekiston | 17:00 / 05.05.2026
1244
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda ommaviy yugurish tadbiri: New Uzbekistan Annual Run–2026 marafoni bo‘lib o‘tdi

Mazkur tashabbus ommaviy sportni targ‘ib etish, sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish hamda yoshlarni jismoniy faollikka jalb etishga qaratilgan bo‘lib, unda 500 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

Poytaxtdagi Botanika bog‘ida New Uzbekistan Annual Run–2026 sport tadbiri bo‘lib o‘tdi. Musobaqa Yangi O‘zbekiston universiteti tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar hamda ADM kompaniyalar guruhi qo‘llab-quvvatlovi ostida tashkil etildi.

Yugurish musobaqasida 500 nafardan ortiq ishtirokchi to‘plandi. Ular orasida asosan universitet talabalari, professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda hamkor tashkilotlar vakillari bor edi. Ishtirokchilar 1 km, 3 km va 5 km masofalarda o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.

Tadbir doirasida tana qizdirish mashqlari, maxsus chiqishlar, musiqiy dasturlar va g‘oliblarni taqdirlash marosimi ham tashkil etildi.

Ta’kidlanishicha, mazkur tashabbus sport madaniyatini ommalashtirish, jamoaviy ruhni kuchaytirish va yoshlarni faol hayot tarziga jalb etish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid