9 may – Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan uruşda halok bölganlarning jasoratiga umumxalq ehtiromini namoyiş qiliş maqsadida Toşkentda 2000 kişi iştirokida 5 km masofaga bayramona yuguriş musobaqasi — marafon bölib ötadi.
Tadbir Mudofaa vazirligi, Yoşlar işlari agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida «Bunyodkor» stadioniga tutaş hududda taşkil etiladi.
Qayd qilinişiça, uruş yillari Özbekiston eng muhim frontorti markaziga aylangan, bu yerda 280 ta yangi korxona qurildi, harbiy mahsulotlar işlab çiqariş yölga qöyildi, 2000 dan ortiq samolyot, 19 mingta aviamotor, 18 mingta minomyot, 1 million dona granata, 22 million dona mina işlab çiqarildi. Respublika 1,5 millionga yaqin evakuatsiya qilinganlar, jumladan, 250 ming yetim bolalarni qabul qildi. Özbekistonliklarning jasorati Toşkentdagi Ğalaba boğidagi «Matonat madhiyasi» monumentida abadiylaştirilgan.
Ta’kidlanişiça, iştirokçilarga uçburçak şaklidagi front maktubiga öxşatib işlangan yoki frontçilarning familiyalari yozilgan konvert-maktub beriladi. Xatning orqa tomonida uruşda halok bölgan özbekistonlik askarning ismi, qisqaça hayoti yoki iqtibos keltiriladi.
Har bir yuguruvçi ramziy ma’noda «xatni öz egasiga yetkazib beradi» – uni katta xotira taxtasiga yopiştiradi, marraga yetib kelganlar askarlarning ismi yozilgan qoğoz parçalarini ham yopiştiradi, şu tariqa, xotira devori paydo böladi.
Şuningdek, finiş nuqtasida har bir iştirokçiga Özbekistonning kiçik bayroği topşiriladi va marraga yetganlikni anglatuvçi esdalik medali beriladi.
Tadbir bir neçta xatni öqiş, madhiya va bayroq rangidagi kunduzgi salyut bilan yakunlanadi.








