Jamiyat | 08:53 / 31.03.2021
1587
1 daqiqa o‘qiladi
Chirchiq shahrida yashovchi fuqaro xonadonidan ikkita o‘q otar qurol topildi
«Zarbdor» oyligi doirasida 23 mart kuni Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Chirchiq shahrida yashovchi 1951 yilda tug‘ilgan fuqaro S.G.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilgan.
Tekshiruv natijasida uyning tom qismida hech qanday hujjatlarga ega bo‘lmagan, noqonuniy saqlab kelinayotgan bir dona ov quroli, bir dona pnevmatik sport miltig‘i, 16 dona o‘q va uch dona temir metalldan ishlangan qurol uskunalari topilgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB Tergov bo‘limi tomonidan S.G.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 248-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
07:20 / 18.09.2024
O‘zbekistonga o‘qotar qurol olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
08:14 / 29.08.2024
O‘qotar bo‘lmagan qurolni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikka tortilmaydi
11:28 / 19.08.2024
Amnesty International mojarolar hududiga qurol yetkazib berilishini qoraladi
12:31 / 23.07.2024