Xalqaro inson huquqlari taşkiloti Amnesty International (AI) Yaqin Şarq kabi harbiy mojarolar bölgan mintaqalarga qurol-yaroğ yetkazib berilişining nomaqbulligini ta’kidladi. 19 avgust, duşanba kuni AI vakillari biologik qurollarni işlab çiqiş, işlab çiqariş va töplaşni taqiqlaş töğrisidagi konvensiyani kuçaytiriş böyiça işçi guruh majlisida: «Dunyoning ba’zi yirik eksportyorlari Xalqaro qurol savdosi şartnomasining çeklovçi qoidalarini oçiqdan-oçiq buzmoqda», deya ma’lum qildi.
Huquq faollariga köra, noqonuniy qurol yetkazib beriş Ğazo sektori, Sudan, Myanma va boşqa hududlarda katta talafotlarga olib kelgan. AI Xalqaro qurol savdosi şartnomasi 2014 yil dekabrida kuçga kirganidan beri taşkilot jiddiy qonunbuzarliklarga olib kelgan bir qator noqonuniy yetkazib beriş holatlarini qayd etganini ta’kidladi.
Qurol savdosi şartnomasiga a’zo bölmaganlar
2013 yil aprel oyida BMT Boş assambleyasida 150 dan ortiq davlatlar qurol savdosi şartnomasini qöllab-quvvatlagan edi. Uşbu hujjat 2014 yil 24 dekabrda kuçga kirdi. Bugungi kunga qadar 81 davlat unga a’zo bölib, 130 davlat uni imzolagan.
Xususan, Rossiya, Ukraina, AQŞ, Xitoy, Hindiston, Pokiston va Saudiya Arabistoni Xalqaro qurol savdosi şartnomasi iştirokçisi emas.

















