Jahon | 23:00 / 15.05.2018
4535
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya temir yo‘llari poyezdning 25 soniyaga ertaroq jo‘nagani uchun uzr so‘radi

Foto: SoraNews24

Yaponiyada temir yo‘llarni rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi JR West kompaniyasi 11 may kuni poyezdlaridan biri stansiyadan belgilangan vaqtdan 25 soniya ertaroq jo‘nagani uchun yo‘lovchilardan uzr so‘radi. Bu haqda Sora News ma'lum qildi

Yo‘lovchi poyezdi Notogava stansiyasidan 11 may soat 7:12da ketishi kerak bo‘lgan. Biroq mashinist xatosi tufayli poyezd 7 soat 11 daqiqa va 35 soniyada jo‘nagan.

Ayni vaqtda mashinistning bu xatosi tufayli kimdir jabr ko‘rgani yoki kompaniyaga biror shikoyat tushgani noma'lumligicha qolmoqda. Shunga qaramay, kompaniya o‘z mijozlaridan uzr so‘rashga qaror qilgan. 

 

Mavzuga oid