Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya Markaziy Osiyoda 3 trillionlik yangi loyihalarni rejalashtirmoqda
Kyodo News axborot agentligi Yaponiya besh yil ichida Markaziy Osiyoda umumiy qiymati 3 trillion iyenaga teng yangi biznes-loyihalarni ishga tushirishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Nashrga ko‘ra, bu tashabbus resurslarni barqaror yetkazib berish va Yevropa bilan bog‘lovchi transport yo‘nalishini rivojlantirish maqsadlari bilan uyg‘un.
Yaponiyaning ommabop Kyodo News axborot agentligi saytida “Yaponiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari resurslarni barqaror yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi” sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Maqolada ta’kidlanishicha, Yaponiya va Markaziy Osiyoning beshta davlati mintaqani Yevropa bilan bog‘laydigan transport marshrutini rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Qayd etilishicha, mazkur tashabbus o‘ta muhim minerallar hamda energiya resurslarini barqaror yetkazib berishni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, bu O‘zbekistonni ham o‘z ichiga olgan mintaqa mamlakatlari manfaatlariga mos keladi.
Nashrga ko‘ra, Tokio shahri ilk bor Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston ishtirokidagi oliy darajadagi sammitga mezbonlik qilgan. Sammit doirasida iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash maqsadida Yaponiya va besh davlat “Tokio deklaratsiyasi”ni qabul qilgan. Hujjatda dekarbonizatsiya, logistikani soddalashtirish hamda inson resurslarini rivojlantirish yo‘nalishlarida hamkorlikka alohida e’tibor qaratilgan.
Shuningdek, materialda Yaponiya besh yil ichida Markaziy Osiyoda umumiy qiymati 3 trillion iyena (taxminan 19 milliard AQSh dollari) bo‘lgan yangi biznes-loyihalarni ishga tushirishni rejalashtirayotgani qayd etilgan. Bundan tashqari, tomonlar sun’iy intellekt sohasida hamkorlik qilishga kelishib olgani bildirilgan.
Mavzuga oid
21:30 / 16.07.2026
Toyota 2027 yilgi Crown modelini namoyish etdi
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
08:40 / 09.07.2026
JSST Markaziy Osiyoni jazirama xavfidan ogohlantirdi
18:06 / 08.07.2026