Jahon | 10:33 / 28.09.2018
24482
2 daqiqa o‘qiladi

Kosmosda fizika qonunlarini rad qiluvchi obekt topildi

Foto: ICRAR/University of Amsterdam

Niderlandiyadagi Amsterdam universiteti olimlari juda kuchli magnit maydoniga ega bo‘lishiga qaramasdan, relyativistik plazma oqimlarini chiqarib yuboruvchi noyob neytron yulduzni aniqlashdi. Zamonaviy nazariy modellarga ko‘ra, jyetlar zaif magnit maydoniga ega yulduzlarda paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda Science Alert nashri xabar bermoqda.

Neytron yulduzi Yerdan 24 ming yorug‘lik yili uzoqlikdagi Swift J0243.6+6124 qo‘shaloq sistemada joylashgan. Kompakt obekt yonida joylashgan yirik yulduzdan modda akkretsion diskni hosil qilib, so‘nggisiga o‘tadi. Neytron yulduzning qutblaridan yorug‘lik tezligiga yaqin tezlikka erishuvchi ionlashgan zarralar oqimi chiqariladi.

Jyetlar qora tuynuklar, oq mittilar va boshqa neytron yulduzlarni o‘z ichiga tortib oluvchi, kompanon moddalarni singdiruvchi ko‘plab obektlarda aniqlangan. Shu bilan birga, ular kuchli magnit maydoniga ega yulduzlarda kuzatilmagan va u oqimlarning shakllanishiga to‘sqinlik qiladi, deb hisoblangan.

Olimlar Swift J0243.6+6124’dan radionurlanishni qayd etishdi, u boshqa o‘ziga o‘xshash jismlardan 100 barobar kuchsizroq bo‘lgan jyetlar mavjudligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, neytron yulduzning magnit maydoni Quyoshnikidan 10 trillion marta kuchliroq. Bu esa, kuchli maydon diskni itarishi haqidagi, relyativistik oqimlarning magnitli bostirilishi bo‘yicha gipotezani rad etadi. U neytron yulduzga yetarlicha yaqin bo‘lishi lozim, shunda jyet shakllanishi mumkin. Olimlarning fikricha, Swift J0243.6+6124 bilan bog‘liq holatda oqimlar diskning katta aylanish energiyasi tufayli shakllanadi, ammo bu taxminni tekshirish kerak. 

Mavzuga oid