Nobel qömitasi fizika böyiç 2024 yilgi mukofot sovrindorlarini e’lon qildi. Amerikalik Jon Hopfild hamda britaniya-kanadalik Jyeffri Hinton uşbu mukofotga sazovor böldi.

Mukofot “sun’iy neyron tarmoqlari yordamida Machine Learninğning asosini taşkil etuvçi fundamental kaşfiyotlar va ixtirolar uçun” berildi.

Ikkala laureat ham statistik fizika bilan şuğullangan. Ularning işlari zamonaviy neyron tarmoqlari yaratilişiga olib keldi. Bugungi kunda uşbu tarmoqlar sun’iy intellektning köplab sohalarida keng qöllanilmoqda.

Fizika böyiça 2023 yilgi Nobel mukofoti elektronlar böyiça tadqiqotlari uçun AQŞ, Germaniya va Şvetsiyadan uç nafar olimga berilgandi. Per Agostini, Ferens Kraus va Ann L-Yuile mukofot sohiblariga aylangan.

Umuman olganda, fizika böyiça Nobel 1901 yildan beri har yili beriladi, 1916, 1931, 1934 va 1940-1942 yillar bundan mustasno. 2024 yilgaça mukofotga jami 224 kişi sazovor böldi. Aksraiyat lauretlar AQŞdan.

7 oktyabr kuni Nobel haftaligiga start berildi. Birinçi bölib, fiziologiya va tibbiyot böyiça mukofot egalarining nomi e’lon qilindi. Amerikalik olimlar Viktor Ambros va Geri Ravkan mikroRNKni kaşf qilgani uçun bu yilgi mukofot bilan taqdirlandi.

9 oktyabrda kimyo, 10 oktyabrda esa adabiyot böyiça Nobel mukofoti ğoliblarining nomlari ma’lum böladi. 11 oktyabr kuni Osloda tinçlik mukofoti sovrindori e’lon qilinadi, 14 oktyabrda esa iqtisodiyot böyiça mukofot ğolibi aniqlanadi.

Nobel mukofotining har bir kategoriyasi uçun 11 million şved kronasi tadqim etiladi. Bu bir million dollardan biroz köproq.