Jahon | 14:05 / 04.01.2026
29467
4 daqiqa o‘qiladi

Maduro ag‘darilgach, Venesuelada nimalar bo‘lmoqda – fotosuratlar

Karakas ko‘chalari huvullab qolgan, dorixonalar, do‘konlar va yonilg‘i quyish shoxobchalarida navbatlar yuzaga kelgan. Ayrim joylarda Maduro hokimiyati tarafdorlari piketga chiqqan.

3 yanvar kuni tongga yaqin Venesuela poytaxti Karakas va uning atrofidagi hududlar AQSh qurolli kuchlari tomonidan amalga oshirilgan kuchli havo zarbalari ostida qoldi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Karakasning turli nuqtalarida kuchli portlash ovozlari eshitilgan, bu vaqtda shahar osmonida harbiy samolyotlar uchib yurgan. Shaharning katta qismi elektr ta’minotidan uzilgan.

Oradan ko‘p vaqt o‘tmay AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Truth Social tarmog‘idagi sahifasida Venesuela yetakchisi Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores qo‘lga olingani hamda mamlakatdan olib chiqib ketilganini e’lon qildi.

Vashingtondagilar Maduroga qarshi «narkoterrorizm», kokain kontrabandasi va AQShga qarshi ishlatish maqsadida qurol saqlash kabi rasmiy ayblovlarni ilgari surdi.

Ayni vaqtda Maduro va rafiqasi Nyu Yorkka olib kelingan va tergov izolyatoriga joylashtirilgan. Ular dushanba kuniyoq sud qilinishi mumkin.

Quyida Amerika zarbalari va Nikolas Maduro hokimiyatdan ag‘darilgach, Venesuelada nimalar bo‘layotgani aks etgan fotosuratlar keltiriladi.

Karakasdagi Fuerte-Tiuna harbiy bazasida Amerika hujumidan keyingi vaziyat. 2026 yil 3 yanvar
Matias Delacroix / AP / Scanpix / LETA
 Amerika aviatsiyasining 3 yanvarga o‘tar kechasi yo‘llagan zarbalaridan keyin Fuerte-Tiuna harbiy bazasida ko‘tarilgan tutun
Matias Delacroix / AP / Scanpix / LETA
Karakasda 24 soat davomida ishlaydigan dorixona oldida navbat
Maxwell Briceno / Reuters / Scanpix / LETA
Venesuela milliy gvardiyasi jangchisi Karakasdagi Fuerte-Tiuna harbiy bazasi hududida
Federico Parra / AFP / Scanpix / LETA
Amerika zarbalari nishonlaridan biri bo‘lgan La-Guayra dengiz porti uzra ko‘tarilgan tutun
Matias Delacroix / AP / Scanpix / LETA
La-Guayra portiga hujum vaqtida shikastlangan konteynerlar
Matias Delacroix / AP / Scanpix / LETA
Karakas shimolidagi generalissimus Fransisko de Miranda nomidagi harbiy aerodromda (La-Karlota) yo‘q qilingan havo hujumidan mudofaa tizimi qurilmasi
Leonardo Fernandez Viloria / Reuters / Scanpix / LETA
Karakas ko‘chalaridan biri. 2026 yil 3 yanvar
Gaby Oraa / Reuters / Scanpix / LETA
Venesuela hukumati tarafdorlari Karakas ko‘chalarida Nikolas Maduro (o‘ngda) va oldingi prezident Ugo Chavesning (chapda) portretlarini ko‘tarishdi
Matias Delacroix / AP / Scanpix / LETA
Nikolas Maduroning qurollangan tarafdorlari Karakasdagi prezident saroyi atrofida
Federico Parra / AFP / Scanpix / LETA
Karakasda oziq-ovqat do‘koni atrofidagi navbat
Gaby Oraa / Reuters / Scanpix / LETA
Karakasdagi avtomobillarga yonilg‘i quyish stansiyasi. 2026 yil 3 yanvar
Maxwell Briceno / Reuters / Scanpix / LETA
Karakas. 2026 yil 3 yanvar
Matias Delacroix / AP / Scanpix / LETA
Amerika zarbasiga uchragan yana bir manzil bo‘lgan La-Guayra portidagi politsiyachilar
Matias Delacroix / AP / Scanpix / LETA

 

Азиз Қаршиев
Muallif Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid