Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maduro Bruklindagi tergov izolyatoriga olib kelindi
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores Karakasda Amerika maxsus topshiriqli kuchlari tomonidan qo‘lga olinganidan keyin qo‘riqchilar hamrohligida Nyu-Yorkka yetkazildi.
Ushbu juftlik Venesueladan vertolyot orqali Amerikaning «Ivodzima» aviatashuvchisiga olib kelingan. 3 yanvar kuni kechqurun FQB samolyoti ularni Nyu-York shtatidagi Styuart aviabazasiga yetkazgan. Bu yerdan Maduro rafiqasi bilan birga vertolyotda Giyohvand moddalarga qarshi kurash bo‘yicha boshqarmaning (DEA) Manhettendagi ofisiga keltirilgan, bu yerda ulardan biometrik ma’lumotlari olingan.
Shundan keyin ular Bruklindagi federal tergov izolyatoriga joylashtirilgan.
Oq uy Maduro kishanlangan holda DEA agentlari hamrohligida koridor bo‘ylab o‘tayotgani aks etgan videoni e’lon qildi. U atrofdagilarga ingliz tilida shunday degan: «Xayrli oqshom. Yangi yilingiz bilan».
NBC News ma’lumotiga ko‘ra, Maduro va Flores 5 yanvar kuniyoq Nyu-Yorkda sud oldida javob berishi mumkin.
- 3 yanvarga o‘tar kechasi AQSh Venesuelada harbiy amaliyot o‘tkazdi, bu amaliyot doirasida Amerika maxsus topshiriqli kuchlari prezident Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresni qo‘lga oldi va mamlakatdan olib chiqib ketdi. Amerika Adliya vazirligi unga «narkoterrorizm», kokain olib kirish, AQShga qarshi qo‘llash maqsadida qurol va portlovchi moddalar saqlab bo‘yicha ayblovlar e’lon qilgan. Donald Tramp Venesuela o‘tish davrida AQSh tomonidan boshqarilishini ma’lum qilgan.
Mavzuga oid
21:07 / 30.03.2026
O‘zbekiston Venesuelani mag‘lub etib, xalqaro turnir g‘olibi bo‘ldi
11:48 / 19.03.2026
Maduroning safdoshi Venesuela Mudofaa vazirligini boshqarishdan chetlatildi
11:56 / 15.03.2026
Kubada energetik inqiroz: namoyishchilar Kompartiya ofisiga hujum qildi
13:01 / 07.03.2026