Jahon | 23:46 / 02.09.2025
17811
1 daqiqa o‘qiladi

«Putindan juda ranjidim» - Tramp chora ko‘rishga va’da berdi

Foydasi yo‘q urushda minglab odamlar halok bo‘lyapti, dedi Oq uy rahbari.

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putindan «hafsalasi juda pir bo‘lganini» aytdi.

«Putindan juda ranjidim. Foydasi yo‘q urushda minglab odamlar halok bo‘lyapti. Agar prezident bo‘lganimda, bu urush hech qachon boshlanmas edi», dedi Amerika yetakchisi siyosatshunos Skott Jyenningsga telefon orqali bergan intervyusida.

Trampning qo‘shimcha qilishicha, AQSh odamlar hayotini saqlab qolish uchun «nimadir qiladi». Uning so‘zlariga ko‘ra, har hafta yetti ming kishi halok bo‘lyapti, asosan - askarlar.

«Men buni to‘xtatishga yordam bera olsam edi, o‘ylaymanki, buni qilishga majburman», dedi AQSh prezidenti.

Mavzuga oid