Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chegaradan noqonuniy olib o‘tilgan 1,1 mlrd so‘mlik oltin qo‘lga olindi
Davlat xavfsizlik xizmati, Chegara qo‘shinlari hamda ichki ishlar organlari hamkorligida Namangan viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Qirg‘izistondan aylanma yo‘llar orqali O‘zbekistonga noqonuniy ravishda olib kirilgan taxminan 1,1 milliard so‘mlik oltin quymalari musodara qilindi.
Foto: Davlat xavfsizlik xizmati
DXXning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Chegara qo‘shinlari va viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari Kosonsoy tumanida o‘tkazgan tezkor tadbir chog‘ida qimmatbaho metall kontrabandasi bilan shug‘ullangan shaxslarning harakatlariga chek qo‘ydi.
Tezkor ma’lumotga ko‘ra, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro tog‘asi – 1988 yilda tug‘ilgan shaxsning ko‘rsatmasiga asosan davlat chegarasini noqonuniy tarzda kesib o‘tgan. U qo‘shni Qirg‘izistondan O‘zbekiston hududiga taxminiy qiymati 1,1 milliard so‘m bo‘lgan, umumiy og‘irligi 1 kilogramm 168 grammni tashkil etuvchi oltin quymasi parchalarini olib kirgani aniqlangan.
Hamkorlikdagi tadbir davomida u ushbu oltinlarni Kosonsoy tumanida yashovchi boshqa bir qarindoshiga yetkazib bergan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur harakatlar yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 182-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari (kontrabanda) va 223-moddasi 2-qismi “b” bandi (chegarani noqonuniy kesib o‘tish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:08 / 01.04.2026
Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi korrupsiyada gumon qilinib qo‘lga olindi
21:27 / 31.03.2026
O‘zbekiston ketma-ket besh oydan beri oltin sotmayapti
18:20 / 30.03.2026
Qirg‘iziston ilk bor o‘z milliy valutasini mustaqil chop etishni boshladi
11:02 / 28.03.2026