Boş prokuratura huzuridagi Departament hamda boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari hamkorligida ötkazilgan tadbirlarda noqonuniy qimmatbaho metall savdosi holatlari foş etildi.

Xususan, Namangan viloyatining Davlatobod tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar M.N. va M.M. bir dona sof quyma oltinni fuqaro G.R.ga 8 500 AQŞ dollari va 420 ming sömga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi. Ekspertiza xulosasiga köra, mazkur quyma 88,97 gramm oğirlikda bölib, uning tarkibida 99,5 foiz sof oltin mavjudligi aniqlangan.

Şuningdek, Toşkent şahrida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar S.M., F.M. va boşqalar jami 11 dona bölakdan iborat, umumiy oğirligi 11,5 kilogramm bölgan kumuşni fuqaro M.S.ga 35 000 AQŞ dollariga sotgan vaqtida uşlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravişda oliş yoki ötkaziş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.