U Britaniya imperiyasi taxtiga o‘tirgandi, Brexit’dan keyin vafot etdi. Uning hayoti bir qancha davrlarni qamrab oladi.
8 sentabr kuni Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 96 yoshida olamdan o‘tdi. U eng uzoq vaqt hukmronlik qilgan monarx bo‘ldi: 2022 yozida mamlakatda uning taxtga chiqqanining 70 yilligi keng nishonlangandi. Uning davrida 15 bosh vazir o‘zgardi, oxirgisi - Liz Trassni u o‘limidan ikki kun oldin tayinlagandi. Yelizaveta II’ning turmush o‘rtog‘i, u bilan 74 yil birga hayot kechirgan shahzoda Filipp o‘tgan yil bahorida 99 yoshida vafot etgandi.
Quyida Yelizaveta II hayotining turli davrlari aks etgan fotojamlanma taqdim etiladi.
Qirolicha Yelizaveta II Buyuk Britaniyani mamlakat tarixidagi barcha monarxlardan uzoqroq vaqt boshqardi. U taxtga 1952 yilda chiqqandi.
Yelizaveta 1926 yil 21 aprelida Londonda tug‘ilgan, u York hersogi Albert va uning rafiqasi ledi Yelizaveta Bouz-Layonning to‘ng‘ich qizi bo‘lgan.
Yelizaveta va uning singlisi Margaret uyda ta’lim olgan.
Yelizaveta II butun hayoti davomida ot chopishga qiziqqan. Qirolicha poyga otlari boqish bilan shug‘ullangan, bunday tulporlar unga ko‘plab sovrinlar olib kelgan. Suratda: 10 yoshli malika Elizabet amakisi, Gloster hersogi va instruktor bilan Vindzorda ot chopmoqda.
ullstein bild / Getty Images
Qirol Eduard VIII 1936 yilda taxtdan voz kechgach, 1937 yil 12 mayda uning otasi Albert qirol Georg VI sifatida taxtga chiqadi, Yelizaveta esa taxt vorisiga aylanadi. Georg VI 1952 yil fevralida vafot etguniga qadar taxtda qoladi. Foto: Central Press / Getty Images
Malika Elizabet va Margaret yosh bo‘lishiga qaramay rasmiy marosimlarda qatnasha boshlagan. 1939 yil 23 iyunda olingan suratda qirol Georg VI qizlari «Kempenfeld» esminetsi bortiga ko‘tarilmoqda. Yelizaveta II umrining oxiriga qadar qirollik majburiyatlarini bajarishda davom etdi. Xususan, o‘limidan ikki kun oldin u o‘zining boshqaruvi davridagi 15-bosh vazir bo‘lgan Liz Trassni lavozimga tayinladi.
Fox Photos / Getty Images
Ikkinchi jahon urushi davrida Yelizaveta (chapda) va uning singlisi Margaret Vindzor qasriga evakuatsiya bo‘lgan. Bu fotosuratda ular BBC’ning «Bolalar soati» dasturidagi chiqishi jarayoni aks etgan.
Topical Press Agency / Getty Images
1945 yil fevralida malika Elizabet hududiy mudofaa kuchlari safiga kirib, sanitar avtomobilida mexanik-haydovchi bo‘ladi va leytenant maqomini oladi. 1945 yilda olingan suratda 19 yoshli Elizabet harbiy formada.
Keystone / Getty Images
Qirollik xonadoni a’zolari 1945 yil mayida G‘alaba kunini Bukinghem saroyida nishonlashmoqda. Chapdan o‘ngga: malika Elizabet, uning onasi Yelizaveta, Buyuk Britaniya bosh vaziri ser Uinston Cherchill, qirol Georg VI va malika Margaret
ullstein bild / Getty Images
1947 yilda malika Yelizaveta o‘zining uzoq qarindoshi Filipp Mauntbattenga turmushga chiqadi (o‘sha vaqtda Gretsiya va Daniya shahzodasi hisoblanardi), u nikohdan keyin Edinburg hersogi maqomini oladi.
Malika Yelizaveta va shahzoda Filipp nikohdan keyin Bukinghem saroyi balkonida, 1947 yil. Foto: AP/TASS
Yelizavetaning otasi qirol Georg VI 1952 yil 6 fevralida vafot etadi, bu vaqtda Yelizaveta va Filipp Keniyada edi. Yelizaveta zudlik bilan Angliyaga qaytadi. U 1953 yil iyunida Vestminster abbatligida taxtga chiqariladi.
1953 yil 2 iyunda Yelizaveta II’ning toj kiyish marosimi.
AP / Scanpix / LETA
Urushdan keyingi qiyin davr ekaniga qaramay toj kiyish marosimi barcha an’analarga rioya qilingan holda o‘tkaziladi. Xususan, qirolicha 1760 yilda tayyorlangan zarhallangan karetada ko‘chalardan o‘tadi.
Universal History Archive / Universal Images Group / Getty Images
Yelizaveta II va turmush o‘rtog‘i 1953 yil noyabridan — 1954 yil mayiga qadar ilk yirik xalqaro turnesini o‘tkazadi. Olti oy ichida qirolicha va Edinburg hersogi 64 ming kilometr yo‘l bosib, Britaniya Hamdo‘stligi mamlakatlari va boshqa qator davlatlarda bo‘lishadi. Shu va shundan keyingi barcha safarlar nafaqat u tashrif buyurgan yurtlarda, balki butun dunyo bo‘ylab qiziqishlarga sabab bo‘ladi. Suratda: shahzoda Filipp va Yelizaveta II 1956 yil Nigeriyada. Foto: Fox Photos / Hulton Archive / Getty Images
Qirolicha Yelizaveta II Vindzor parkida o‘zining zotdor itlarini suratga tushirmoqda. 1960 yil.
Foto: Anwar Hussein/Getty Images
Qirolicha Yelizaveta II jahon kubogini Angliya futbol jamoasi sardori Bobbi Murga topshirmoqda, o‘shanda angliyaliklar 1966 yilgi jahon chempionati finalida G‘arbiy Germaniya jamoasi ustidan 4-2 hisobida g‘alaba qozongan. Bu o‘yin Londondagi Uembli stadionida o‘tkazilgan.
Qirolichaning to‘rt nafar farzandi bor. Bu suratda qirolicha eri va bolalari bilan Vindzordagi Frogmor bog‘ida sayr qilmoqda. Chapdan o‘ngga: Edinburg hersogi, shahzoda Edvard, qirolicha Yelizaveta II, shahzoda Endryu, malika Anna va shahzoda Charlz. 1968 yil.
1969 yil iyulida qirolicha shahzoda Charlzni rasman Uels aholisiga valiahd shahzoda sifatida tanishtiradi.
Qirolicha Yelizaveta va shahzoda Filipp qasrdagi rojdestvo archasini bezatmoqda. 1969 yil.
Foto: Bettmann/Contributor/Getty Images
1979 yil fevralida Yelizaveta II navbatdagi turne doirasida Fors ko‘rfazi mamlakatlariga tashrif buyuradi. BAAda uning limuziniga tuyadagi soqchilar hamrohlik qiladi.
Tim Graham Photo Library / Getty Images
Qirolicha Yelizaveta II ot poygalariga qiziqqan. 1973 yil olingan suratda Yelizaveta II ona qirolicha va Bofortning 10-hersogi Genri Somerset bilan Glostershirdagi poygani kuzatmoqda. Genri Somerset Yelizaveta II’ning yaqin kishilaridan bo‘lgan. Qirolicha uning 1984 yilda bo‘lgan dafn marosimida ishtirok etgan.
Tim Graham Photo Library / Getty Images
1977 yilda mamlakatda qirolichaning Kumush yubileyi nishonlanadi. Britaniyaliklar ko‘chalarga stollar olib chiqib, ziyofatlar uyushtirishadi. Suratda ikki yoshli Treysi Selbi qirolichaga guldasta berib ortiga yugurmoqda.
1981 yilda shahzoda Charlz ledi Diana Spenserga uylanadi. Ularning oilasida ikki farzand tug‘iladi - Uilyam va Harri. Ammo keyinroq Charlz va Diana ajrashadi. Diana 1997 yil avgustida Parijda avtomobil halokatida vafot etadi.
Qirolicha Yelizaveta II va Indira Gandi Dehlida. 1983 yil.
Foto: David Levenson/Getty Images
Yelizaveta II 70 yildan ortiq davom etgan boshqaruvi davrida dunyo siyosatidagi barcha muhim figuralar bilan uchrashgan. Masalan, AQSh prezidenti Ronald Reygan bilan. Surat 1983 yil martida San-Fransiskoda Yelizaveta II’ning Amerikaga tashrifi chog‘ida olingan.
Anwar Hussein / Getty Images
Qirolicha va Edinburg hersogi xorijiy safarlardan birida. 1986 yilda olingan bu suratda ularni Buyuk Xitoy devorida uchratishgan.
Malika Diana va qirolicha Yelizaveta Londonda. 1990 yil.
Foto: Tim Graham Photo Library via Getty Images
1992 yilni qirolicha Yelizaveta II o‘zi uchun annus horribilus (dahshatli yil) deb ataydi. O‘sha yili uning ikki o‘g‘lining turmushi buziladi, Vindzor qal’asida esa yirik yong‘in sodir bo‘ladi.
1994 yil oktyabrida qirolicha va uning turmush o‘rtog‘i Rossiyaga tashrif buyuradi. Yelizaveta II prezident Boris Yelsin bilan ham uchrashgan. Britan monarxlari Hamdo‘stlik tarkibiga kirmaydigan davlatlarga tashrif buyurishi mumkin, ammo boshqaruvi davrida faqat bir marta.
Foto: Anwar Hussein / Getty Images
Malika Diananing o‘limi Bukinghem saroyi va jamoatchilik munosabatlari yomonlashuviga olib keladi. Qirolichani butun mamlakat bilan birga aza tutmaslikda ayblashadi. Ammo 5 sentabr kuni malikaning dafn marosimi kuni Yelizaveta II murojaat bilan chiqadi, u va turmush o‘rtog‘i Bukinghem saroyi oldidagi yodgorlikka gullar qo‘yishadi.
Ian Waldie / Reuters / Scanpix / LETA
2002 yilda ona qirolichaning vafot etishi, undan keyin malika Margaret olamdan o‘tishi jamoatchilikning qirolichaga mehrini qaytaradi va ular monarxni Oltin yubileyi munosabati bilan keng qo‘llab-quvvatlashadi.
Yelizaveta II uchrashgan dunyo yetakchilari safida RFning ikkinchi prezidenti Vladimir Putin ham bor. Putin 2003 yil iyunida davlat tashrifi bilan Buyuk Britaniyaga boradi. U Rossiyaning Britaniyaga 1843 yildan buyon bunday darajadagi tashrif bilan borgan ilk rahbari bo‘ladi.
Julian Herbert / Getty Images
2005 yilda qirolichaning katta o‘g‘li ikkinchi bor uylanadi. Shahzoda Charlz va Kamilla Parker-Boulzning nikoh marosimi Vindzorda bo‘lib o‘tadi.
O‘zining 80 yoshida qirolicha amerikalik komik Graucho Marksning keksalik haqidagi so‘zlarini keltiradi: «Hamma qarishi mumkin. Buning uchun keragi - yetarlicha uzoq yashashdir». Bir yil o‘tib qirolicha Edinburg hersogi bilan to‘yining 60 yilligini nishonlaydi.
Yelizaveta II va shahzoda Filipp Lordlar palatasida. 2010 yil. Foto: EPA/TASS
Qirolichaning keksalik davridagi eng baxtiyor damlaridan biri - 2011 yil uning nabirasi shahzoda Uilyam va Keyt Middlton o‘rtasidagi nikoh marosimi bo‘lgandi. Vestminster abbatligidagi nikohdan keyin Uilyam va Keyt yig‘ilganlarni qutlash uchun Bukinghem saroyi balkoniga chiqishadi.
2011 yil mayida qirolicha Irlandiya Respublikasiga tashrif buyurgan ilk britan monarxi bo‘ladi. U Dublindagi Xotira bog‘iga gulchambar qo‘yadi. Bu uning Irlandiyaga tashrifi dasturining eng bahsli qismi edi. Xotira bog‘i o‘z nomini Irlandiya ozodligi uchun kurashda halok bo‘lgan barcha odamlar, jumladan Britaniya taxtiga qarshi kurashda halok bo‘lganlar sharafiga o‘rnatilgan yodgorlikdan olgan.
2012 yilda qirolicha Brilliant yubileyini nishonlaydi. Bayram dasturida qirolichaning Temza bo‘ylab kemada sayr qilishi ham o‘rin olgandi, bu sayr kutilmaganda yomg‘ir yog‘ishiga qaramay bo‘lib o‘tadi.
2015 yil 9 sentabrda soat roppa-rosa 17:30 bo‘lganida Yelizaveta II Buyuk Britaniyada eng uzoq vaqt hukmronlik qilgan monarxga aylanadi: u qirolicha Viktoriya tomonidan o‘rnatilgan rekordni yangilaydi. Bu vaqtga kelib Yelizaveta II ning hukmronligiga 23 226 kun, 16 soat va taxminan 30 daqiqa bo‘lgandi. Shu kuni qirolicha Shotlandiyada edi – suratda u poyezdda Edinburgdan Tvidbenk qishlog‘iga ketayotgani aks etgan, u bu yerda yangi temiryo‘lni ochib beradi.
Qirolicha Yelizaveta II va shahzoda Uilyam Albert-holldagi Qirollik lojasida. 2015 yil.
Foto: Chris Jackson - WPA Pool/Getty Images
Qirollik oilasidagi yana bir muhim voqea: shahzoda Harri va Megan Marklning Vindzordagi nikoh to‘yi, 2018 yil 19 may. Ammo ular tez orada qirollik oilasi a’zolarining rasmiy majburiyatlarini bajarishdan bosh tortib, AQShga ko‘chib ketishadi.
Qirolicha Yelizaveta II, shahzoda Harri va uning rafiqasi Megan Qirollik harbiy-havo kuchlari tashkil etilganining 100 yilligidagi paradni kuzatmoqda. 2018 yil.
Foto: Max Mumby/Indigo/Getty Images
Covid-19 pandemiyasi vaqtida 2020 yil Yelizaveta II millatga murojaat qilib, «eng yaxshi damlar yana qaytishi»ni va’da qiladi.
Qirolichaning – to‘rt farzandi, sakkiz nabirasi va 12 evarasi bor. Suratda (chapdan o‘ngga): shahzoda Jorj, Yelizavetaning qo‘lida shahzoda Lui. Savanna Filips (orqada), malika Sharlotta, Edinburg hersogi, tizzasida Lena Tindallni ko‘tarib turgan Ayla Filips, Mayya Tindall.
2021 yil aprelida 99 yoshida Yelizaveta II’ning rafiqasi Filipp vafot etadi. O‘sha vaqtda amalda bo‘lgan kovidga qarshi cheklovlar tufayli dafn marosimida 30 kishi qatnashadi, qirolicha esa xavfsizlik nuqtayi nazaridan boshqalardan alohida o‘tiradi. Yelizaveta II yolg‘iz holda eri bilan vidolashayotgani aks etgan kadrlar pandemiya insoniyat hayotini qanchalik o‘zgartirganini aks ettiruvchi yorqin illyustratsiyalardan bo‘ladi.
Jonathan Brady / Getty Images
Yelizaveta II taxtga chiqqanining 70 yilligi munosabati bilan Londonda o‘tkazilgan tantanalar. Fotoda: Uels shahzodasi Charlz, Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II, shahzoda Lui, Kembrij hersoginyasi Ketrin, malika Sharlotta. 2022 yil.
Foto: AP/TASS
Yelizaveta II umrining oxiriga qadar qirollik majburiyatlarini bajardi va ommaga ko‘rinish berib turdi. Bu surat qirolichaning 2022 yil iyun oyi oxirida Shotlandiyaga tashrifi chog‘ida olingan.
Max Mumby / Indigo / Getty Images
Qirolicha Yelizaveta II 96 yoshida Sandringemdagi mulkida. 2022 yil. Foto: AP/TASS