Firibgarlar sut mahsulotlarini işlab çiqariş böyiça Buyuk Britaniyadagi eng maşhur kompaniyalardan biri — Neal’s Yard Dairy’ning 22 tonnadan ortiq pişloğini öğirlab ketdi. Bu haqda kompaniya vakili özining Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi.

Qayd etilişiça, kompaniyaga özini yirik fransuz savdo firmasining ulgurji distribyutori deb taniştirgan firibgar murojaat qilgan. Kompaniya unga Hafod, Westcombe va Pitchfork turiga oid 950 donadan ortiq sifatli çeddar pişloqlarini berib yuborgan. Ulkan moliyaviy yöqotişga qaramay, kompaniya kiçik yetkazib beruvçilar oldidagi öz majburiyatlarini bajargan va pişloq yetib bormagan barça mijozlari bilan töliq hisob-kitobni amalga oşirgan.

Kompaniya vakillarining ma’lum qilişiça, huquq-tartibot organlari bilan hamkorlik qilinmoqda. Ular butun dunyodagi pişloq işlab çiqaruvçilar hamjamiyatini ogohlikka çaqirdi.

«Kimgadir uşbu öğirlik bilan boğliq pişloqlar, xususan, oğirligi 10 yoki 24 kilogrammli qadoqdagi çedderlar taklif qilinsa, iltimos, bizga yozing», — deyiladi bayonotda.

Jyeymi Oliver ismli maşhur şef-oşpaz va teleboşlovçi jabr körgan kompaniyani qöllab-quvvatlaş taklifini ilgari surgan. U özining Instagram sahifasiga öğirlangan pişloq kompaniyaga 300 ming funt sterling zarar keltirganini yozgan.