Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyadagi atom suvosti kemalari ishlab chiqariladigan korxonada yong‘in yuz berdi
Favqulodda xizmatlar korxonada bo‘lgan barcha ishchilarni evakuatsiya qilgan, mahalliy aholiga eshik-derazalarni yopish va zarurat bo‘lmasa ko‘chaga chiqmaslik tavsiya etilgan.
Britaniyaning BAE Systems mudofaa kompaniyasiga tegishli Devonshire Dock Hall (DDH) kemalarni ta’mirlash korxonasida yong‘in yuz berdi. Mahalliy politsiyaga ko‘ra, yong‘in boshlangan vaqtda korxonada Britaniya atom suvosti kemasi bo‘lgan.
Hodisa oqibatida ikki kishi jarohatlangan, ular tutundan zaharlanish bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ta’mirlash korxonasida bo‘lgan barcha ishchilar evakuatsiya qilingan, mahalliy aholiga eshik-derazalarni yopish va zarurat bo‘lmasa ko‘chaga chiqmaslik tavsiya qilingan.
Politsiyaning qayd etishicha, yadroviy hodisa xavfi yo‘q. BAE Systems kompaniyasi yong‘inni o‘chirish bo‘yicha favqulodda xizmatlar bilan hamkorlik olib borayotganini ma’lum qildi.
Londondan 350 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan kemasozlik korxonasi 150 yil oldin qurilgan. Ayni vaqtda u yerda Buyuk Britaniya Qirollik floti uchun bir nechta atom suvosti kemalari qurilmoqda. Gap Astute va Dreadnought turidagi suvosti kemalari haqida ketmoqda.
BAE Systems — dunyodagi eng yirik qurol ishlab chiqaruvchilardan biri. U tank va qiruvchi samolyotlar kabi jangovar texnikalarni ham ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
Mavzuga oid
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026