Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya yadroviy tiyib turish uchun yangi imkoniyatlarga ega bo‘ldi - OAV
Foto: Vadim Savitskiy/RIA «Novosti»
Rossiya Strategik maqsaddagi raketa qo‘shinlari (SMRQ) yadroviy tiyib turish bo‘yicha yangi imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Bu haqda SMRQ qo‘mondoni Sergey Karakayev mamlakat Mudofaa vazirligining «Krasnaya zvezda» gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
Karakayevning ta'kidlashicha, qit'alararo ballistik raketalarga ega «Yars» raketa majmuasi uchirish qurilmalarining kelib tushgani guruhning ham shaxtali qayta qurollanishiga, ham joylashuvning harakatlanuvchi variantlariga barqaror sur'at bergan.
«2017 yilga mo‘ljallangan SMRQ bo‘linmalari va harbiy qismlarini qayta qurollash bo‘yicha tadbirlarning bajarilishi, raketa qurollarining zamonaviy namunalari ulushini 66 foizga yetkazish va SMRQ guruhiga yadroviy tiyib turish vazifasini bajarish uchun yangi imkoniyatlar berishga imkon yaratdi», - deya aytib o‘tgan SMRQ qo‘mondoni.
Karakayevning so‘zlariga ko‘ra, SMRQ bo‘linmalarida qurollarning asosiy turlarini yetkazib berish bilan bir qatorda, ulardan foydalanish, qo‘riqlash va jangovar qo‘llanilishini ta'minlovchi agregatlar soni ham oshmoqda.
Mavzuga oid
11:07
🔴 LIVE: Rossiya ortiq variant emas: mehnat muhojirlari nima qiladi?
19:45 / 14.01.2026
Moskva markazida yana Miusskaya qor tepaligi paydo bo‘ldi – fotosuratlar
15:42 / 14.01.2026
Eron Rossiyaga qariyb 3 mlrd dollarlik raketalar sotgan
12:13 / 14.01.2026