Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KUN.UZ saytidan yangi loyiha: 5 daqiqada kundalik yangiliklar videodayjesti
KUN.UZ ijodkorlari yangi loyihaga qo‘l urishdi. Endi kunning eng muhim voqealari tafsilotlari kunlik videodayjest ko‘rinishida muxlislar e'tiboriga havola qilib boriladi.
Videodayjestning birinchisi tayyorlandi. Unda 13 noyabr kuni ro‘y bergan quyidagi voqea va yangiliklarga to‘xtalib o‘tilgan:
- Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari ishdan olindi, Odilxon Rustamov uning o‘rnini egalladi
- O‘zbekiston ma'had va madrasalarida Qur'oni Karim kurslari ochish bo‘yicha qaror qabul qilindi
- Farg‘onada Islom huquqi maktabi tashkil etildi
- O‘zbekistonda benzin narxi yana oshishi mumkin
- Eron va Iroq o‘rtasida joylashgan Halabja shahrida kuchli zilzila ro‘y berdi. Yuzlab insonlar halok bo‘ldi, 6 mingdan ziyod kishi jabrlangan. Mingdan ziyod kishi boshpanasiz qolmoqda. Eronda uch kunlik motam e'lon qilindi. Shavkat Mirziyoyev Eron rahbariga ta'ziya izhor qildi.
- Filippin poyxtaxti Manilada Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ACEAN) ning 31-sammiti rasman ochildi.
13 noyabrda ro‘y bergan yangilik, voqea va hodisalarning kundalik dayjestidan farqli o‘laroq, videodayjestni Kun.uzning Youtube kanalidan quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:
Mavzuga oid
23:42 / 15.12.2017
Prezident Qoraqalpog‘istonda, Tramp va Putin muloqoti, salkam ikki oyda Qur'onni yod olgan qori va boshqalar
00:29 / 15.12.2017
Yangi maktab formasi uchun tanlov, futbolimizdagi nominatsiyalar, Prezident faoliyatiga bir yil va boshqalar
22:47 / 08.12.2017
Amnistiya bilan bog‘liq «o‘yinlar», Qudsda ushlanayotgan namoyishchilar, tadbirkordan 100 ming dollar talab qilgan tamagirlar
00:26 / 08.12.2017