Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vetnamdagi suv toshqinlarida 26 kishi halok bo‘lgan, talafot qiymati 41 million dollarni tashkil qilmoqda
O‘tgan hafta davomida yuz bergan Vetnamdagi suv toshqinlari oqibatida jami 26 kishi halok bo‘lgan. Favqulodda vaziyatlar agentligi ma'lum qilishicha, hozirgacha 41 million AQSh dollari miqdoridagi zarar hisoblandi.
Agentlik dushanba kuni e'lon qilgan hisobot ma'lumotlarida aytilishicha, jabr ko‘rgan fuqarolar yashash hududida 15 kishi bedarak ketgan. Suv toshqinlari asosan mamlakatning to‘rtta viloyatida yuz bergan bo‘lib, ayni guruch va meva yetishtirilayotgan fermalarga katta zarar yetkazdi.
Maxsus guruh a'zolari shu kungacha 200ta uy buzilib ketgani va 400dan ortig‘i ziyon ko‘rgani haqida gapirmoqda.
"Biz yo‘l va yashash uchun zarur bo‘lgan infratuzilmalarni tez orada tiklaymiz, buning ustida hukumat guruhi ish boshlagan", - deydi Tabiiy ofatlarni nazorat va bartaraf etish Markaziy direktsion qo‘mitasining rasmiy vakili.
Mavzuga oid
18:24 / 23.11.2025
Vetnamda suv toshqinlari oqibatida 100 ga yaqin kishi halok bo‘ldi
23:51 / 19.05.2025
Olimlar jazirama va suv toshqinlarining yashirin xavfini aniqladi
23:24 / 01.04.2025
Avstraliyada suv toshqinlari oqibatida 100 mingdan ortiq chorva nobud bo‘ldi
18:27 / 14.02.2025