5 aprel kuni Doğistonning Derbent rayonida kuçli yoğingarçilik ortidan Gedjuxskoye suv omborida suv sathi kötarilib, uning töğoni buzilib ketdi. Natijada Mamedkala posyolkasini suv bosgan.

Derbent rayoni hokimi Elman Ollohverdiyev 5 aprel kuni keçqurun daryodan bir neça kişini qutqarişga muvaffaq bölingani haqida xabar berdi. «Kavkaz» federal avtoyölining Kala aholi punktidagi köprigi qulaganida içida odamlari bölgan avtomobillar oqib ketgandi.

Rayonning törtta mikrorayoni hududida tört ming kişi evakuatsiya qilingan, lekin barçani ham qutqarişning imkoni bölmagan.

«Afsuski, homilador ayol va voyaga yetmagan ösmirni qutqarib qolişning iloji bölmadi», – deydi TASS agentligi suhbatdoşi.

Şu kuni Kirki qişloğida ham yer öpirilişi tufayli uy qulaşi oqibatida yana bir ayol halok bölgan.

6 aprel kuni Mamedkala qişloğida beş yoşli qiz jasadi topildi va jami qurbonlar soni tört nafarga yetdi.

Bundan taşqari, ikki kişi bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda.