Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston avtosanoatida yangi o‘yinchi: Asman Auto Wuling va MG avtomobillari sotuviga start berdi
ASMAN AUTO qo‘shma korxonasi xalqaro “Mansour Automotive Group” holdingi va “Asaka Motors” kompaniyasi strategik alyansining samarasi bo‘ldi. Maqolada modellar qatori va narxi keltirilgan.
Foto: ASMAN AUTO
Toshkent, 2026 yil 28 aprel — Xalqaro “Mansour Automotive Group” holdingi va “Asaka Motors” kompaniyasi ASMAN AUTO qo‘shma korxonasini tashkil etish haqida e’lon qildi. Tomonlar yaqin besh yil ichida 120 mln AQSh dollari kiritishni rejalashtirgan.
Boshlang‘ich bosqichda loyiha “Asaka Motors” zavodi bazasida yirik uzelli yig‘uv (SKD) tashkil etishni, keyinchalik mayda uzelli ishlab chiqarish (CKD)ga o‘tishni ko‘zda tutadi. Avtomobillarni sotish va sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish bilan ASMAN AUTO shug‘ullanadi.

“O‘zbekiston kuchli iqtisodiy fundamental ko‘rsatkichlarga ega istiqbolli avtomobil bozori sanaladi. ASMAN AUTO orqali biz qiymat hosil qilishning butun zanjiri bo‘ylab global standartlarni joriy etishga intilib, innovatsion mahsulotlar, ilg‘or texnologiyalar va mijozga yo‘nalgan yondashuvni taklif etamiz. Maqsadimiz – O‘zbekistonda jahon darajasidagi distributsiya va sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish tizimini yaratish, yangi sifat, ishonchlilik va xizmat ko‘rsatish standartlarini o‘rnatishdir”, – rejalar bilan o‘rtoqlashdi “Mansour Automotive Group” xalqaro biznes yo‘nalishi rahbari Jagat Randxva.

Modellar qatori: Britaniya merosidan elektromobillargacha
ASMAN AUTO mahsulot portfeli turli narx segmentlarida xaridorlar ehtiyojlarini qondiruvchi xalqaro brendlarni o‘z ichiga oladi.
- MG (Morris Garages) — 100 yillik tarixga ega afsonaviy Britaniya brendi. O‘zbekistonda uchta model taqdim etiladi: amaliy MG 5 sedani, ixcham MG ZS yo‘ltanlamasi va flagman MG HS yo‘ltanlamasi.
- Wuling — kundalik hayot uchun zamonaviy va funksional avtomobillar brendi. Ilk modellar kichik biznes va tijoriy tashishlarga mo‘ljallangan Wuling Bardosh miniveni va Wuling Afzal yo‘ltanlamasi bo‘ladi. Bir necha oydan keyin ASMAN AUTO modellar qatoriga Wuling Bingo S elektr yo‘ltanlamasini qo‘shadi.

Xaridorlar uchun qulay shartlar taqdim etiladi: 18 oygacha muddatli bo‘lib-bo‘lib to‘lash, boshlang‘ich to‘lov 25% dan va 0% foiz stavkasi bilan.

Infratuzilma va hammaboplik
ASMAN AUTO infratuzilmasining rivojlanishi bosqichma-bosqich o‘tadi. Birinchi bosqichda Toshkent, Namangan, Samarqand, Buxoro va Andijonda 10 ta dilerlik markazi ochiladi. Keyingi ikki yilda tarmoq butun mamlakat bo‘ylab 25 ta obektgacha kengayadi.

Sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish uchun korxona 6–8 servis markazi va ehtiyot qismlarini taqsimlash xablaridan iborat tarmoqni yaratadi. Avtomobillarning hammabopligini oshirish uchun ASMAN AUTO O‘zbekistonning yetakchi banklari, lizing va sug‘urta kompaniyalari bilan birgalikda moliyalash va sug‘urtalash dasturlarini joriy etadi.

“Hamkorlik O‘zbekiston avtomobil tarmog‘ini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan umumiy intilishimizni aks ettiradi. U investitsiyalar, ish o‘rinlarini yaratish va barqaror sanoat taraqqiyotiga bo‘lgan uzoq muddatli sodiqligimizni tasdiqlaydi. Birgalikda biz yuqori sifatli avtomobillarni yetkazib beramiz, bir vaqtning o‘zida barqaror, mamlakat iqtisodiy o‘sishini qo‘llab-quvvatlovchi va mobillikka bo‘lgan o‘zgaruvchan ehtiyojni qondiruvchi kelajakka tayyor biznesni yaratamiz”, – qayd etdi “Asaka Motors” bosh direktori Avazbek Jalilov.

Iqtisodiy samara
ASMAN AUTO qo‘shma korxonasi 2 000 ta bevosita va bilvosita ish o‘rinlarini yaratish, mahalliy kadrlarni rivojlantirish, yetkazib berish zanjirini mustahkamlash va avtomobil tarmog‘ini modernizatsiyalash orqali O‘zbekiston iqtisodiyotiga salmoqli hissa qo‘shadi.

Tomonlar, shuningdek, alyansning uzoq muddatli maqsadi O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi mintaqaviy avtomobil va logistika xabiga aylantirish ekanini ta’kidladilar.
Kontaktlar:Instagram ASMAN AUTO | Instagram MG
Ma’lumot uchun
Mansour Automotive Group — Misrning 50 yillik tarixga ega yetakchi avtomobil guruhi. Bugungi kunda kompaniya Yaqin Sharq va Afrikaning 15 ta mamlakatida ish yuritadi, shuningdek Chevrolet, GMC, Cadillac, Isuzu, Opel, Peugeot, BYD, Soueast va MG kabi yetakchi jahon brendlarining hamkori sanaladi.
Holding GM mahsulotlarining Xitoydan tashqari dunyodagi eng yirik distribyutori deb tan olingan. Ushbu mintaqaviy konglomerat aktivida 125 dan ziyod sotuvlar va servis xizmatini ko‘rsatish markazlari mavjud, kompaniya shtati esa 1 500 dan ziyod yuqori malakali xodimlarni tashkil qiladi.
Asaka Motors — transport vositalarini ishlab chiqarish, distributsiya va servis xizmatini ko‘rsatish sohasida faoliyat yurituvchi O‘zbekiston avtomobil kompaniyasi. Sirdaryo viloyatida zavodga ega bo‘lib, xalqaro brendlar portfelini boshqaradi, ular qatorida: Hyundai, EXEED, Opel, Fiat va boshqalar. “Asaka Motors” faoliyati to‘liq siklni qamrab oladi: mahalliy ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirishdan to butun respublika bo‘ylab keng yoyilgan dilerlik tarmog‘ini qurishgacha.