Jahon | 21:56 / 01.06.2026
1053
2 daqiqa o‘qiladi

Malayziya 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tishini taqiqladi

Cheklovlar Facebook, Instagram, TikTok va YouTube kabi yirik platformalarga tatbiq etiladi.

Foto: REUTERS/Hollie Adams

Malayziyada 1 iyundan boshlab 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt yaratish taqiqlandi, deb xabar berdi Reuters.

Cheklovlar Facebook, Instagram, TikTok va YouTube kabi yirik platformalarga tatbiq etiladi. Kompaniyalar yangi foydalanuvchilarning yoshini davlat ma’lumotlar bazasi orqali tekshirishlari kerak. Talablarni buzganlik uchun ularga 10 million ringgitgacha - taxminan 2,5 million dollar miqdorida jarima solinishi mumkin.

Rasmiylar bolalarga internet va umuman texnologiyalardan foydalanish taqiqlanmasligini ta’kidladi. Cheklovlar voyaga yetmaganlarni zararli kontentdan himoya qilish uchun zarur. Shuningdek, norma platformalar, ota-onalar va vasiylarning bolalarning onlayn xavfsizligi uchun mas’uliyatini kuchaytirishi kerak.

Allaqachon ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarning yoshi ijtimoiy tarmoqlar ma’muriyati tomonidan 6 oy ichida tekshirilishi kerak.

Malayziya internetda xavfli postlar soni ko‘payganidan so‘ng platformalarni qattiqroq tartibga sola boshladi. Irqiy yoki diniy adovatni qo‘zg‘atadigan yoki monarxiyani tanqid qiladigan kontent taqiqlangan.

2025 yil dekabr oyida Avstraliya dunyoda birinchi bo‘lib 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqladi. Keyinchalik regulyator voyaga yetmaganlarning bir qismi platformalarda qolib ketgani uchun Meta, TikTok va Google platformalariga qarshi tekshiruv boshladi. Shunga o‘xshash choralar boshqa mamlakatlarda ham tayyorlanmoqda: Gretsiya 2027 yildan boshlab 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlamoqchi, Turkiyada esa 15 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar uchun bunday taqiq muhokama qilinmoqda.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid