“Malayziya yordamga tayyor” – elçi islomiy moliyani joriy qiliş haqida
|16:42 / 02.06.202610 83811 min
Özbekiston 4 trillion dollar potensialga ega bölgan islomiy moliyani özida joriy qiliş böyiça dadil qadamlar taşlamoqda. Xöş, bu yöldagi harakatlar köproq samara keltirişi uçun qaysi mamlakatlarning tajribasiga nazar taşlaş kerak?
Malayziya – islomiy moliya böyiça peşqadam mamlakatlardan biri. Bu yerda mazkur tizim allaqaçon oddiy banking çegarasidan çiqib, milliy moliya modelining bir qismiga aylanib bölgan – suğurtadan tortib, sukuk bozorigaça. Kun.uz Malayziyaning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Ilham Tuah Illiasni savolga tutdi.
- Özbekistonda islomiy bankingni joriy qiliş böyiça birinçi qadam taşlandi. Özbekistonning moliyaviy tizimi, investitsion muhitga bu qanday ta’sir qiladi sizningça?
- Özbekistonda Prezident farmoni bilan islomiy bankçilik sohasida taşlanayotgan qadamlar Özbekiston uçun juda muhim ahamiyatga ega. Bu şunday bir muhit yaratadiki, islomiy bankçilik tajribasiga ega bölgan boşqa mamlakatlar Özbekiston bilan öz tajribasini örtoqlaşişi va Özbekistonda islomiy moliya tizimini şakllantirişga kömak berişi mumkin böladi.
- Bizning auditoriyamizga tajribalaringiz haqida biroz gapirib bering. Qanday bölgan bu Malayziyada, qanday keçgan?
- Malayziyada islomiy bankçilikni joriy etiş jarayoni qariyb 30 yil avval, öşa davrdagi hukumat taşabbusi bilan amalga oşirilgan. Çunki mamlakatning rasmiy dini Islom bölgani holda, Malayziyada islomiy bank tizimi mavjud emasligi muhim masala sifatida körilgan. Şuning uçun öşa paytdagi hukumat siyosiy irodasini namoyon qilib, mustaqillikdan keyin şakllangan an’anaviy bank tizimiga qöşimça ravişda, Malayziya musulmonlari uçun islomiy bankçilikni alohida moliyaviy alternativa sifatida örganiş va joriy etişga qaror qilgan. Ayni paytda, bu tizim faqat musulmonlar uçun emas, balki Malayziyadagi nomusulmon aholi uçun ham foydali bölib, ularga ham islom banklarida hisob oçiş imkoniyatini bergan.
- Sizlarning tajribangizdan kelib çiqadigan bölsak, biz nimalarga e’tibor qilişimiz kerak? Qanday qilsak, keçayotgan jarayonlar samarali böladi, barakali böladi?
- Avvalo, şunday samarali tizim yaratiş kerakki, unda Özbekistondagi davlat idoralari, huquqşunoslar, tartibga soluvçi organlar, qaror qabul qiluvçilar va bank muassasalari özaro hamjihatlikda işlasin. Bu esa tizimning uzoq muddatli va barqaror işlaşini ta’minlaydi. Malayziya esa Özbekistonda islomiy bankçilikni joriy etiş jarayonida amaliy tavsiyalar berişga tayyor.
- Malayziya elçixonasi nimalarni reja qilyapti Özbekiston-Malayziya aloqalaridagi islomiy moliya faktorini rivojlantiriş uçun?
Mavzuga oid
- Bu juda yaxşi savol. Aslida, bu yilning özidayoq Malayziya va Özbekiston moliya muassasalari örtasida amaliy hamkorlik boşlangan. Masalan, ötgan yili Malayziya Markaziy bankiga aloqador ta’lim muassasasi bölgan INCEIF mahalliy taşkilotçilar, xususan mahalliy “Al Muamalat Konsalting” taşkiloti bilan hamkorlikda Toşkentdagi Hyatt Regency mehmonxonasida tadbir ötkazdi. U yerda Islomiy moliya şariat bilimlari va islomiy bankçilikka bağişlangan konferensiya bölib ötdi. Unda Malayziyadan va dunyoning boşqa hududlaridan kelgan nufuzli ekspertlar, mutaxassislar Toşkentda ma’ruzalar qilib, islomiy bankçilik masalalarini muhokama qildilar. Bu esa allaqaçon Özbekiston va umuman Markaziy Osiyoda aholining bu sohadagi xabardorligini oşirişga xizmat qilmoqda.
Şuningdek, menga aytişlariça, joriy yilning oktabr oyida Samarqand şahrida World Waqf Forum ötkazilişi rejalaştirilmoqda, inşaalloh. Bu haqda menga World Zakat Forum Boş kotibi ma’lum qildi. Demak, bu kabi taşabbuslar orqali Malayziya Elçixonasi bilim va tajribani olib keliş, şuningdek, Özbekiston aholisi örtasida islomiy moliya böyiça xabardorlikni oşirişda muhim köprik vazifasini bajarmoqda.
- Malayziya banklari, investorlari Özbekistonda faol bölişi uçun nimalar qilişimiz kerak biz bu tomonda?
- Xöş, e’tibor beriş kerak bölgan muhim jihatlardan biri şuki, bir vaqtlar Özbekistonda Maybank faoliyat yuritgan. Albatta, öşa paytda muayyan qiyinçiliklar bölgan bölişi mumkin. Ammo bugungi kunda mamlakat ança rivojlangan va ehtimol, kelajakda Maybank yana qaytib kelişi, şuningdek, Malayziyaning boşqa banklari ham Özbekiston bozoriga kirib kelişi mumkin.
Bu borada ular uçun eng muhim masalalardan biri — aniq va tuşunarli tartib-qoidalarning mavjud bölişi, huquqiy himoya kafolatlanişi va olingan foydani erkin olib çiqiş imkoniyatidir. Şuning uçun Özbekiston Moliya vazirligi Maybank’ning avvalgi tajribasini ham, kelajakda kirib kelişi mumkin bölgan Malayziya banklari uçun şaroitlarni ham çuqur örganib çiqişi kerak.
Bu juda muhim, çunki bu nafaqat bank sohasini, balki Özbekiston va Malayziya örtasidagi savdo, ta’lim, moliya tizimi, halol ekotizim va ziyorat turizmi kabi yönalişlarni ham yanada rivojlantirişga xizmat qiladi. Ya’ni, islomiy bankçilik tizimini töğri joriy etiş köplab sohalarda ijobiy natija berişi mumkin.
- Ha, albatta, bu yerga köplab tadbirkorlar kelmoqda. Asosiy masalalardan biri esa — şu yerning özida munosib va işonçli hamkor topiş. Gap şundaki, Malayziyada biznes qonunçiligi bir tizim asosida şakllangan bölsa, Özbekistonda huquqiy tizim boşqa tarixiy asosda rivojlangan. Şu bois, biznes muhiti, iş yuritiş uslubi va ayrim etik yondaşuvlarda farqlar bölişi tabiiy. Lekin men işonamanki, Özbekiston bu kabi muammolarni tez yengib öta oladigan mamlakat. Ayniqsa, yoşlar uluşi yuqori bölgani kelajakda ikki mamlakat örtasidagi savdo va iqtisodiy hamkorlikni yanada kuçaytirişga xizmat qiladi.
Aslida, Malayziya tomonidan qiziqiş allaqaçon bor. Masalan, ayrim biznes guruhlar Amirsoy yaqinida golf maydoni va savdo markazi quriş imkoniyatlarini örganmoqda. Şuningdek, Qaşqadaryoda gidroenergetika loyihalariga ham qiziqiş bildirilmoqda. Umuman, deyarli har oy Malayziyadan biznes vakillari kelib, bozorni örganyapti. Bu yerda eng muhim masala — ular uçun töğri hamkorni topiş. Ayrim holatlarda memorandumlar imzolanadi, ammo şundan keyin muloqot yoki amaliy harakatlar biroz sustlaşib qoladi. Sababi nimada ekanini aniq bilmaymiz, lekin şunga qaramay, ular keliş, izlaniş va imkoniyatlarni örganişda davom etmoqda.
Yaqinda menga yana bir qiziq taklif böyiça murojaat böldi. Bir malayziyalik investor – xitoy millatidagi tadbirkor mikro-moliyalaştiriş ğoyasini ilgari surmoqda. Uning fikriga köra, Beeline, Ucell va boşqa telekom kompaniyalar bilan hamkorlik qiliş mumkin. Ya’ni telefon xizmatlari böyiça oylik tölovlarni intizom bilan amalga oşiradigan mijozlarga kiçik biznesini qöllab-quvvatlaş uçun taxminan 1000 AQŞ dollari miqdorida moliyalaştiriş beriş, söng uni bölib-bölib qaytariş mexanizmini joriy etiş mumkin. Menimça, bu ğoya Özbekistonda kiçik biznesni qöllab-quvvatlaş maqsadiga juda mos keladi. Ayniqsa, ötgan yili Prezident Şavkat Mirziyoyev va Malayziya Boş vaziri örinbosari Fadillah Yusof örtasida kiçik va örta biznesni qöllab-quvvatlaş mavzusi ham muhokama qilingan edi. Şu nuqtai nazardan, bunday kiçik hajmli moliyalaştirişlar tadbirkorlik rivojiga jiddiy turtki berişi mumkin. Şuning uçun men u insonning Özbekistonga kelib, mahalliy telekommunikatsiya kompaniyalari bilan muloqotni boşlaşini umid bilan kutmoqdaman.
Albatta, bu yönalişda bitimlar, öquv dasturlari, maslahat va ekspert kömagi, sukuk çiqariş imkoniyatlarini örganiş, şuningdek, moliyaviy organlar örtasidagi institutsional hamkorlikni kuçaytiriş kabi yönalişlarda hamkorlik böladi. Bu kabi hamkorliklar natijasida moliyaviy xizmatlar sohasida qöşma taşabbuslar paydo bölişi, halol ekotizim va ziyorat turizmi sohalarida hamkorlik kengayişi mumkin. Şu bilan birga, Islomiy moliyaga muvofiq moliyalaştiriş vositalari orqali savdo va investitsiya oqimlari ham yanada ortişi kutilmoqda.
Men Surxondaryo viloyatida, xususan Termiz şahrida bölganman. U yerda Afğon-Özbek erkin savdo zonasini kördim. Afğoniston ham musulmon mamlakat bölib, ular islomiy qoidalarga qat’iy yondaşadi. Şu nuqtai nazardan, ular bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirişning samarali yöllaridan biri — erkin savdo hududida islomiy bankçilik mexanizmlaridan foydalanişdir. Menimça, Özbekiston bu orqali qöşni Afğonistonda barqarorlikni qöllab-quvvatlaşga ham katta hissa qöşa oladi. Bu masala Malayziya va Özbekiston örtasida, xususan Boş vazir taşrifi çoğida ham muhokama qilingan.
Şundan keyin, agar Özbekistonda islomiy bankçilikning poydevori mustahkamlansa, bu jarayon butun Markaziy Osiyoga ham ijobiy ta’sir körsatadi. Masalan, men Tojikiston va Qirğizistonda ham elçi sifatida akkreditatsiya qilinganman. Şu orqali bu yönalişdagi tajriba va hamkorlik qöşni davlatlarga ham kengayişi mumkin. Keyinçalik Turkmaniston va Qozoğistondagi hamkasb elçilarimiz bilan ham boğlanib, mintaqada islomiy bankçilik uçun yanada mustahkam asos yaratiş mumkin böladi.
Bundan taşqari, bu jarayon ASEAN, ya’ni Janubi-Şarqiy Osiyo davlatlari uyuşmasi mintaqasi bilan ham boğlanadi. Xususan, Bruney, Singapur, Indoneziya, Kambodja va Vetnam kabi davlatlar bilan aloqalarni kuçaytiriş imkoni paydo böladi. Bu davlatlarning ayrimlarida ham musulmon aholi mavjud va bu holat islomiy moliya sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirişga xizmat qilişi mumkin.
Bu esa mamlakatlarimiz örtasida, xususan musulmon aholi örtasida döstlik va özaro aloqalarni yanada mustahkamlaydi. Yana bir muhim jihatni unutmaslik kerak: Malayziya ham, Özbekiston ham bir qator xalqaro platformalarda iştirok etib kelmoqda. Şu bois, bu orqali yanada kengroq xalqaro hamkorlik tarmoğini şakllantiriş imkoni paydo böladi.
Masalan, Janubiy Afrika, Keniya va Afrikaning boşqa hududlarida ham musulmon aholilar mavjud. Demak, bu yönalişda Afrika mintaqasi bilan ham aloqalarni kuçaytiriş imkoni bor. Şuningdek, Yevroosiyo, Xitoy bilan boğliq mintaqaviy tuzilmalar va boşqa köp tomonlama maydonlar orqali ham yangi boğlanişlar yaratiş mumkin. Bu yerda eng muhimi — islomiy bankçilikni töğri tuşuntiriş, uni savdo va iqtisodiy hamkorlikni yengillaştiradigan amaliy moliyaviy vosita sifatida körsatişdir.
Şu tariqa, Şanxay hamkorlik maydoni, ASEAN, BRICS kabi platformalar doirasida özaro aloqalar, moliyaviy hamkorlik va investitsiya imkoniyatlarini kengaytiriş mumkin böladi.
Şuning uçun masalaga kengroq qaraş kerak. Albatta, bugungi kunda Batik Air va AirAsia kabi Malayziya aviakompaniyalari Kuala-Lumpurdan Toşkentga töğridan-töğri parvozlarni amalga oşirmoqda. Şuningdek, Uzbekistan Airways ham bu yönalişda xizmat körsatyapti. Bu esa kelajakda yanada katta imkoniyatlarni oçib beradi.
Şu munosabat bilan men Prezidentingizga, Oliy Majlisga va Özbekiston xalqiga eng ezgu tilaklarimni bildiraman. Mamlakatni rivojlantiriş yölida Prezidentingizning aniq va yaxşi işlab çiqilgan yöl xaritasi bor, deb öylayman. Şuning uçun barçangizga ana şu islohot va taraqqiyot yölida muvaffaqiyat tilayman. Barça tomoşabinlarni ham muborak Ramazon oyi bilan tabriklayman.