Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1-kursga qabul qilingan talabalar uchun tanishtiruv haftaligi 6 sentyabrdan boshlanadi
2021/22-o‘quv yilida talabalikka tavsiya etilganlar (1-bosqich talabalari) uchun OTMda 6 sentyabrdan dastlabki tanishtiruv haftaligi (xususan, mustaqillik darslari), 13 sentyabrdan e'tiboran o‘quv rejaga muvofiq dars mashg‘ulotlari boshlanadi.
Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi ma'lum qildi.

Vazirlikning qayd etishicha, yangi o‘quv yilidan boshlab barcha oliy ta'lim muassasalarining 1-kurs talabalari uchun o‘quv jarayoni kredit-modul tizimi orqali tashkil etiladi.
Tanishtiruv haftaligida talabalar kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati, o‘quv jarayoniga tatbiq etilish tartibi, oliy ta'lim muassasasining ichki tartib-qoidalari va shu kabi zaruriy axborotlar bilan tanishtiriladi.
Shu bilan birga, tanishtiruv haftaligini tashkil etishda doimiy yashash manzilidan, xususan, respublikaning boshqa hududlarida bo‘lgan talabalarning oliy ta'lim muassasasiga yetib kelishi, turar joylariga joylashishi uchun vaqt ajratilishi inobatga olinadi.
Yuqori kurs (1-kursdan tashqari) talabalari uchun esa dars mashg‘ulotlari umumiy tartibda 6 sentyabrdan boshlanadi.
Mavzuga oid
12:24 / 18.02.2025
OTM bitiruvchilarini ishga joylashishiga ko‘maklashuvchi dastur amalga oshiriladi
10:19 / 15.02.2025
Kambag‘al oilalar farzandiga OTMda qo‘shimcha grant ajratiladi
13:44 / 11.02.2025
OTMda texnika va tibbiyot yo‘nalishlari kvotalari 25 ming o‘ringa yetkaziladi
09:04 / 10.02.2025