Muloqotda kambağallikni qisqartirişning eng samarali yeçimi ta’lim ekani ta’kidlandi. Şuning uçun kam ta’minlangan oilada heç bölmaganda bitta farzand oliy ma’lumotli bölişi uçun zarur şaroitlar yaratiladi.
Iqtidorli, bilimga çanqoq, lekin oğir oilaviy şaroiti sababli öqiş imkoniyatiga ega bölmagan yoşlarni xorijda öqitiş böyiça yangi tizim – “Yorqin iste’dod” loyihasi joriy etiladi. Bunda har bir mahalladan ijtimoiy himoyaga muhtoj, bilimga çanqoq yoşlar saralab olinib, iqtidori aniqlanadi. Ularning salohiyatiga mos xorijiy oliygoh tanlanib, tayyorgarlik kurslarida öqitiladi.
Xorijda ta’lim olib qaytgan yoşlar Milliy kadrlar zaxirasiga töğridan-töğri kiritiladi, ular davlat organlariga tanlovsiz işga olinadi. Har yili saralaşdan ötgan 1 ming nafar yoşlar dunyoning “top-100” oliygohlariga yuborilib, öqiş va yaşaş xarajatlari qoplab beriladi.
Hozirgi vaqtda dunyodagi top-oliygohlarda 1,5 mingdan ziyod özbekistonlik talaba tahsil olmoqda. Prezident buni Özbekiston uçun tarixda kuzatilmagan voqelik deb atadi. Xorijda öqib qaytgan özbekistonlik talabalar vatanda muvaffaqiyatli karera qilişiga yordam beriladi.












