O‘zbekiston | 12:00 / 08.04.2026
3351
11 daqiqa o‘qiladi

Islomiy moliya: "Trastbank" XAB – ilk qadam qo‘yganlardan

O‘zbekistonda islomiy moliyaga doir qonunchilik paketi prezident tomonidan imzolandi. Kun.uz bu jarayonni muntazam yoritib kelmoqda. Qonunchilik tayyor ekan, endi navbatdagi savol quyidagicha: yangicha faoliyat turiga kimlar birinchilardan bo‘lib qadam qo‘ydi? Ma’lum bo‘lishicha, bu yo‘nalishda birinchilardan biri – "Trastbank" XAB.

Avvalo, yangi qonun nega kerak bo‘lgani haqida ikki og‘iz.

Islomiy moliya shu paytgacha “ixtiyoriy tashabbus” bilan yurib keldi. Amalda bu sohada ishlash uchun banklar bir vaqtning o‘zida bir necha to‘siqqa duch kelar edi:

-        banklar uchun savdo operatsiyalariga cheklovlar (holbuki, murobaha kabi mahsulotlar aynan aktiv/tovar orqali ishlaydi);

-        o‘ng‘aysiz soliq mexanizmi: qo‘shimcha to‘lovlarga QQS kabi yuklamalar islomiy mahsulotni qimmatlatib qo‘yardi;

-        litsenziyalash, yagona standart va shariat nazorati instituti yo‘q edi: qanday mahsulotni “islomiy” deb atash mumkinligi, uni kim tekshirishi va qanday hisob yuritilishi masalasi hal qilinmagan edi.

"Trastbank" XAB kabi banklar shunday sharoitda islomiy moliyani jonlantirib keldi. Yangi qonunchilik paketi vaziyatni o‘zgartiradi: islomiy moliya endi epizodik faoliyatlar emas, qoida va institutlar bilan ishlaydigan yo‘nalishga aylanishi kerak.

Foto: Trastbank

2026 yil 25 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzurida islomiy moliya xizmatlarini joriy qilish masalasi ko‘rib chiqildi. Ma’lum qilinishicha, Markaziy bank huzurida Islomiy moliya kengashi tashkil etiladi. Shuningdek, islomiy moliya xizmatlarini ko‘rsatuvchi banklarda ham alohida kengashlar tuziladi. Ular standartlar ishlab chiqish, me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ko‘maklashish, bahsli masalalarga izoh berish, shartnomalar va ichki hujjatlarni ko‘rib chiqish, muvofiqlik ustidan nazoratni ta’minlash bilan shug‘ullanadi.

Ushbu ishlarning mantiqiy davomi sifatida "Trastbank" XAB xususiy aksiyadorlik banki boshqaruv raisi S.Normuhamedov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Jidda shahrida Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi delegatsiyasi bilan muzokalar olib bordi. Unda islom moliyasi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Bundan tashqari, "Trastbank" XAB va Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi o‘rtasida 20 mln dollarlik bitim imzolandi. Unga muvofiq, mamlakatimizda tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash tizimli ravishda jadal davom ettiriladi. Bankda ko‘rsatilayotgan moliyaviy xizmatlar ko‘lami kengaytiriladi. Natijada oziq-ovqat, tekstil, farmatsevtika, umumiy ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish va boshqa shu kabi sohalar yanada kengayib, yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

"Trastbank" XAB qo‘ygan qadamlarga birma-bir nazar tashlaymiz:  

2018 yil. "Trastbank" XAB Islom taraqqiyot banki guruhi institutlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi. Alohida moliyalashtirish liniyalaridan islomiy moliyaviy xizmatlarning kengroq modeliga o‘tadi. Aynan shu davrda bank islomiy moliya institutlari mablag‘larini jalb qila boshlagan.

2019 yil. Bank yangi moliyalashtirish liniyasi haqida, shuningdek, o‘z tuzilmasida islomiy darchani joriy etish bo‘yicha kelishuv imzolangani haqida xabar beradi.   

2020 yil. Yanvar oyida "Trastbank" XAB islomiy bankchilik uchun dasturiy platforma masalasida xalqaro IT-kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazadi. Fevral oyida bank delegatsiyasi Jidda shahridagi Islom taraqqiyot banki bosh qarorgohiga tashrif buyurib, qo‘shimcha resurslarni jalb etish va islomiy moliyalashtirishning yangi vositalarini muhokama qilgan.

2021 yil. Mart oyida “islomiy darcha”ni joriy etish bo‘yicha xodimlar uchun bir haftalik o‘quv seminari tashkil etilgan.

2023 yil. Hamkorlik natijalari ochiq e’tirof bosqichiga o‘tgan: may oyida bank Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi tomonidan kichik va o‘rta biznes yo‘nalishida eng yaxshi hamkor deb e’tirof etilgan. Sentyabr oyida esa tomonlar oraliq natijalarni sarhisob qilib, hamkorlikni yanada kengaytirish niyatini bildirgan.

2025 yil. 19 mart. Jidda shahri. 20 million AQSh dollari miqdorida yangi ikki tomonlama bitim imzolangandi. Tayyorgarlik va tashkiliy bosqichdan islomiy moliyalashtirishni keng ko‘lamda rivojlantirish bosqichiga o‘tilgani bildirildi.

Ta’kidlash joizki, "Trastbank" XAB faoliyatining muhim jihati – bu yo‘nalishda faqat “darcha” yaratish bilan cheklanmadi. Bugungi kunga qadar "Trastbank" XAB Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi bilan jami 47 mln AQSh dollari miqdorida kelishuvlar imzolandi hamda mamlakatimizdagi kichik va o‘rta biznesning 120 ta loyihasi moliyalashtirilishi natijasida 500 dan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha islom korporatsiyasi bilan tuzilgan 67 mln AQSh dollari miqdoridagi kelishuvlar doirasida 31 ta loyiha moliyalashtirildi. Ko‘rinib turibdiki, "Trastbank" XAB uchun islomiy moliya – tor doiradagi tajriba emas, balki real sektor, bandlik va hududiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilayotgan moliyaviy kanalga aylangan. Imzolangan bitim va kelishuvlar, hamkorlik memorandumlari asosida o‘zlashtirilgan mablag‘lar oziq-ovqat, to‘qimachilik, farmatsevtika, umumiy ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish kabi tarmoqlarga yo‘naltirilishi, shu orqali xizmatlar ko‘lami kengayishi hamda yangi ish o‘rinlari yaratilishiga zamin yaratdi.

Yaqinda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Ushbu hujjat aholi va tadbirkorlik sub’yektlari uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarining kengayishi, mamlakatimizda raqobat muhitining yaxshilanishi hamda bank-moliya sohasiga yangi strategik investorlarning kirib kelishiga xizmat qiladi.

Foto: Trastbank

Endi tafsilotlar haqida

2021 yilda Fitch Ratings "Trastbank" XAB’ning uzoq muddatli reytingini “B”, prognozini “Stable” darajasida tasdiqlagan. Islomiy moliya yo‘nalishidagi agressiv emas, balki nazoratli kengayish uchun aynan shunday moliyaviy barqarorlik zarur bo‘ladi.

"Trastbank" XAB’ning islomiy moliyadagi eng katta amaliy qadami 2023 yilda bo‘ldi: 10 yanvar kuni bankning shariat tamoyillari asosida moliyaviy xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan shu’ba kompaniyasi — Trast Muamalat ish boshladi. Bankning o‘zi bu tuzilmaning vazifasini amaldagi qonunchilik doirasida murobaha (nasiya savdo) va ijara (lizing) operatsiyalarini amalga oshirish, xalqaro islomiy moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish, jismoniy shaxslar hamda kichik va o‘rta biznes loyihalarini moliyalashtirish deb belgilagan. “Islomiy darcha” haqidagi gapdan alohida mahsulot maydoniga o‘tish shu yerda boshlangan.

O‘sha 2023 yilda bank xalqaro darajada e’tirof etildi: Jiddadagi xalqaro forumda "Trastbank" XAB kichik va o‘rta biznes yo‘nalishida eng yaxshi hamkor deb baholangan.

"Trastbank" XAB faoliyatining muhim jihati – bank bu yo‘nalishda faqat “darcha” yaratish bilan cheklanmagani. 2024 yilda bank ICD va ITFC bilan tuzilgan 6 ta kelishuv doirasida mamlakatdagi kichik va o‘rta biznesning 97 ta loyihasi moliyalashtirilganini bildirgan. ICD tomonidan"Trastbank" XAB’gaa ajratilgan jami mablag‘ 37 mln dollarga yetgan, yana 30 mln dollarlik yangi bitim imzolangan. Bilinib turibdiki, "Trastbank" XAB uchun islomiy moliya – tor doiradagi tajriba emas, balki real sektor, bandlik va hududiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilayotgan moliyaviy kanalga aylangan.

2025 yil 19 martda ITFC bilan imzolangan 20 mln dollarlik yangi bitim bu evolyutsiyaning mantiqiy davomi bo‘ldi. Mazkur mablag‘lar oziq-ovqat, to‘qimachilik, farmatsevtika, umumiy ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish kabi tarmoqlarga yo‘naltirilishi, shu orqali xizmatlar ko‘lami kengayishi va yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Kun.uz’da 2020 va 2024 yillar oralig‘ida chiqqan materiallardan bilinadiki, islomiy moliyaga qiziqish bir nechta bankda parallel kechgan. "Trastbank" XAB shular qatorida “tayyorgarlikni boshlaydigan” emas, balki tayyorlangan holda yangi huquqiy maydonga kirayotgan bankdir. Avval islomiy moliyaning eng og‘ir yukini tashabbuskor banklar ko‘targan bo‘lsa, endi ularning ortidan huquqiy tizim yetib kelyapti.  

Imzolangan qonunga ko‘ra, huquqiy maydonda alohida litsenziya, Markaziy bankning islomiy moliya standartlari, banklar va regulyator qoshidagi kengashlar, tashqi audit, soliqdagi maxsus tartib va QQS bo‘yicha yengilliklar paydo bo‘ladi. Demak avval amaliyot qonunni o‘z izidan chaqirgan bo‘lsa, endi qonun amaliyotni kengaytirishga sharoit yaratyapti.  

"Trastbank" XAB O‘zbekistonda islomiy moliya hali shakllanmagan paytda bu yo‘nalishni bitimdan tizimga, tizimdan mahsulotga, mahsulotdan esa institutsional maqomga olib chiqishga urinishlar qildi. Yangi qonunchilik to‘liq ishga tushsa, birinchi navbatda aynan shunday – erta harakat qilgan banklar ustunlikka ega bo‘ladi. "Trastbank" XAB– O‘zbekistonda islomiy banking qanday shakllanishi mumkinligini ko‘rsatib turgan amaliy keysdir.  

Bankning ketma-ket harakatlari shuni anglatadiki, "Trastbank" XAB faqat deklaratsiyalar bilan cheklanib qolmagan: bank avval tashqi moliyaviy liniyalarni yo‘lga qo‘ygan, keyin islomiy mahsulotlar uchun texnik va kadrlar bazasini tayyorlagan. Shundan so‘ng xalqaro islomiy moliyalashtirishni kengaytirish va uni institutsional darajada e’tirof ettirish bosqichiga chiqqan.

Kun.uz "Trastbank" XABʼga bu yo‘lda omad, islomiy bankingni O‘zbekistonda keng joriy qilishdek xayrli ishida muvaffaqiyat tilaydi.  

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid