Foto: O‘zbekistonda Qur'oni Karim chop etila boshlandi
3 yanvar kuni shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asos solgan «Hilol» nashriyoti bosmaxonasida Qur'oni Karimni chop qilish boshlandi.
Info.islom.uz saytining yozishicha, «Hilol» nashriyoti O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda ushbu mushafi sharifni Misr Arab Respublikasidagi «Dorus-salom» nashriyotining rasmiy ijozati bilan nashr qilmoqda.
Kitobning dastlabki sahifalari chop qilingan. Marosimga marhum shayxning eng yaqin safdoshlaridan Zohidjon domla Qodirov, O‘zbekiston musulmonlari idorasidan Abdulhamid Tursunov, O‘zbekiston qorilari musobaqasi bo‘yicha O‘MI qoshidagi hay'at raisi Abdulhakim qori Matqulov, hay'at a'zosi Hasanxon qori Abdulmajid, «Fath» jome' masjidining imom-xatib Bahodir qori Rahmatulloh va boshqa mehmonlar hozir bo‘lishgan.
Qur'oni Karim tilovatidan so‘ng bu xayrli ishning bardavom bo‘lishini tilab xayrli duolar qilingach, dastgohlar ishga tushirilib, Mushafi Sharifning dastlabki sahifalari bosilgan.
Mavzuga oid
08:50 / 08.07.2023
Qur’oni Karimning o‘zbek tilidagi tarjimasi Malayziyada chop etiladi
10:05 / 19.08.2022
Namangandagi ziyoratgohdan o‘g‘irlab ketilgan Qur’oni Karim mushafi topildi
17:06 / 15.08.2022
Namanganda noyob Qur’oni Karim mushafi o‘g‘irlab ketildi
10:24 / 12.05.2021