Jahon | 07:47 / 06.02.2017
6024
2 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada yaxtadan rekord miqdordagi kokain topildi

Avstraliya huquqni muhofaza qilish organlari xususiy yaxtalardan biridagi maxsus amaliyot davomida rekord hajmdagi – 1,4 tonna kokain moddasini topishdi. Bu haqda Avstraliya hukumati ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters agentligi.

Maxsus amaliyot o‘tgan hafta tungi vaqtda o‘tkazilgan. Uning doirasida olti kishi, jumladan besh avstraliyalik qo‘lga olindi. Ularga giyohvand moddalar kontrabandasini ko‘zlab o‘zaro jinoiy til biriktirish bo‘yicha ayblov qo‘yildi. Xabarga ko‘ra, gumonlanuvchilar umrbod ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Avstraliya adliya va muhojirlik vazirliklari rahbarlari Maykl Kinan hamda Piter Dattonning qo‘shma bayonotida aytilishicha, bu Avstraliyada bir amaliyot davomida aniqlangan rekord darajadagi kokain moddasidir.

«Ularni idoralararo surishtiruv ishlari doirasida 2,5 yil davomida kuzatib bordik. Bu ishlarda Avstraliya federal politsiyasi, mamlakat chegara xizmati va Yangi Zelandiya bojxona xizmati vakillari ishtirok etdi», - deb ta'kidlab o‘tishdi vazirlar.

Mavzuga oid