Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boks, JCh–2017: Bugun final janglari bo‘lib o‘tadi: juftliklar va boshlanish vaqti
Bugun Germaniyaning Hamburg shahrida o‘tayotgan AIBA shafeligi ostidagi har ikki yilda bir marta tashkillashtiriladigan boks bo‘yicha jahon chempionatining har o‘n vazn toifasi bo‘yicha final uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Ma'lumki, vakillarimizdan to‘rt bokschi finalga yo‘l olgan va ularning hammasi kubalik bokschilarga qarshi jang o‘tkazishadi.
Bugungi final janglaridagi juftliklar va ularning boshlanish vaqti bilan tanishtiramiz:
46-49 kg. Final. 21:00:
Hasanboy DO‘SMATOV (O‘zbekiston) – Joanis ARGILAGOS (Kuba)
52 kg. Final. 21:20:
Jasurbek LATIPOV (O‘zbekiston) - Yosbani VeITIA (Kuba)
56 kg. Final. 21:40:
Qayrat Yeraliyev (Qozog‘iston) - Dyuk Ragan (AQSh)
60 kg. Final. 22:00:
Lazaro Alvares Estrada (Kuba) - Sofian UMIHA (Fransiya)
64 kg. Final. 22:20:
Iqboljon XOLDOROV (O‘zbekiston) - Andi KRUZ GOMeS (Kuba)
69 kg. Final. 22:40:
Shahram G‘IYoSOV (O‘zbekiston) - Roniel IGLeSIAS GOMeS (Kuba)
75 kg. Final. 23:00:
Abilxan Amankul (Qozog‘iston) - Oleksandr Xijnyak (Ukraina)
81 kg. Final. 23:20:
Xulio La Kruz (Kuba) - Jozef Uard (Irlandiya)
91 kg. Final. 23:40:
Yevgeniy Tishchenko (Rossiya) - Erislandi Savon (Kuba)
91+ kg. Final. 00:00:
Qamchibek QO‘NQABAYeV (Qozog‘iston) - Mahammadrasul Majidov (Ozarboyjon)
Final janglarida eng ko‘p vakil Kubadan ishtirok etmoqda — 7 bokschi. So‘ngra O‘zbekiston vakillari — 4 bokschi. Qozog‘iston vakillaridan 3 kishi finalga chiqqan. AQSh, Fransiya, Ukraina, Irlandiya, Rossiya va Ozarboyjondan bir nafardan vakil oltin medal uchun kurashadi.
Mavzuga oid
20:33 / 13.03.2026
Hasanboy Do‘smatov professional boksdagi navbatdagi jangini Bishkekda o‘tkazadi
14:27 / 04.02.2026
Hamburgda “Shimoliy oqim” ishi bo‘yicha gumonlanuvchining shikoyatlariga javob berildi
23:11 / 13.12.2025
O‘zbekistonlik bokschilar jahon chempionatini ikki oltin va to‘rt kumush medal bilan yakunladilar
19:35 / 13.12.2025