15:30 / 12.06.2024
8024

1 iyuldan ayrim poyezdlar chipta narxi oshadi

Mahalliy yo‘nalishlardagi «Nasaf», «Sharq», «O‘zbekiston» poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 25 foizga oshadi.

Foto: Kun.uz

1 iyuldan mahalliy yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlar — «Nasaf», «Sharq», «O‘zbekiston» poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 25 foizga oshiriladi

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» xabarida narxlar oshirilishi yo‘lovchi poyezdlarda qo‘shimcha servis xizmatlarini joriy etish, ularni yanada rivojlantirish, yo‘lovchi vagon parklarini yangilash, modernizatsiya qilish, yangi elektropoyezdlarni xarid qilish, vokzallarni zamon talablariga moslashtirish bilan izohlangan.

Masalan, 12, 4-sonli Toshkent — Qarshi yo‘nalishi avvalgi narxlari ekonom — 150 600, biznes 218 244 so‘m bo‘lsa, yangi narxda ekonom — 178 250, biznes — 262 805 so‘mni tashkil qiladi.

15 maydan «Afrosiyob» elektropoyezdlari chiptalari narxi ekonom klass uchun 20 foiz, biznes klass uchun 30 foiz va VIP klass uchun 40 foizga oshirilgandi. 

Mavzuga oid
Top