"Dunyo" xabariga köra, Koreya Respublikasi prezidentining Özbekistonga davlat taşrifi çoğida "Özbekiston temiryöllari" aksiyadorlik jamiyati va Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem kompaniyasi örtasida 250 km/soat tezlikka möljallangan oltita tezyurar poyezdni yetkazib beriş va texnik xizmat körsatiş böyiça şartnoma imzolandi, deb ma’lum qilingan materialda.

Ta’kidlanişiça, Özbekiston uçun möljallangan tezyurar poyezd KTX-Eum poyezdining öxşaşi bölib, u öz navbatida 430 km/soat tezlikda harakatlaniş uçun möljallangan HEMU-430X tezyurar poyezdi negizida yaratilgan. Har biri yetti vagonli poyezd 389 öringa ega böladi va VIP, biznes va ekonom klasslarni, şuningdek, ovqatlaniş vagonini öz içiga oladi.

"Özbekistonga taqdim etilayotgan tezyurar poyezd "Jaloliddin Manguberdi" deb nomlanadi. Uşbu tezyurar poyezd işga tuşgaç, Toşkentdan Xivagaça bölgan masofa yetti soatda bosib ötilişi kutilmoqda", – deyiladi materialda.