O‘zbekiston | 13:50 / 10.05.2024
20977
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yil oxirigacha 250-300 ming kishi mehnat migratsiyasidan qaytishi prognoz qilinyapti

Prezident mutasaddilarga migratsiya bo‘yicha yagona axborot platformasini yaratib, “mahalla yettiligi” tizimi bilan integratsiya qilish, xorijda mehnat qilayotgan va qiyin vaziyatga tushib qolgan yurtdoshlarga ko‘maklashish, qaytgan fuqarolarni ishga joylashtirish yuzasidan topshiriqlar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev raisligida mahalliy sanoat tarmog‘idagi ichki imkoniyatlarni safarbar etish orqali aholini ishli va daromadli qilish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Prezident bandlik va aholi daromadi masalasi birinchi darajali ahamiyatga ega ekanini yana bir bor ta’kidlab, bu borada oqsoqlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi haqida barcha darajadagi rahbarlarni ogohlantirdi. 

Yana bir muhim masala – tartibli va xavfsiz mehnat migratsiyasi.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida mehnat migratsiyasidan 58 ming nafar, aprelda 57 ming nafar fuqaro qaytib kelgan. Yil oxirigacha yana 250-300 ming nafari qaytishi prognoz qilinmoqda. 

Ularni ishga joylashtirish, ijtimoiy masalalariga ko‘maklashish muhimligi ta’kidlandi.

Mutasaddilarga migratsiya bo‘yicha yagona axborot platformasini yaratib, “mahalla yettiligi” tizimi bilan integratsiya qilish, xorijda mehnat qilayotgan va qiyin vaziyatga tushib qolgan yurtdoshlarga ko‘maklashish, qaytgan fuqarolarni ishga joylashtirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Muhokama qilingan vazifalar yuzasidan tarmoq va hududlar rahbarlarining hisoboti tinglandi.

Mavzuga oid