Natijada Senatdagi respublikaçilar yetakçisi Jon Tun ovoz berişni ötkazmasdan senatorlarni parlament ta’tiliga çiqardi. Ta’til kelasi hafta oxirigaça davom etadi.
Asosiy bahs mavzusi — Tramp tarafdorlari uçun möljallangan taxminan 1,8 milliard dollarlik kompensatsiya jamğarmasi böldi. AQŞ Adliya vazirligi bu jamğarma haqida 18 may kuni ma’lum qilgan va uni oxirgi daqiqada migratsiya paketiga kiritgan.
Bu mablağlar Jo Bayden ma’muriyati davrida “siyosiy ta’qibga uçragan” deb hisoblangan şaxslarga tölanişi rejalaştirilgan.
Kompensatsiya oluvçilar qatorida 2021 yil 6 yanvarda Vaşingtondagi Kapitoliyga hujum qilişda ayblanib sudlangan va keyinçalik Tramp Oq uyga qaytgaç afv etgan uning yuzlab tarafdorlari ham bölişi mumkin.
Demokratlar mazkur jamğarmani “pora jamğarmasi” deb atadi. Şu bilan birga, bu taşabbus respublikaçilarning özi içida ham norozilik uyğotdi.
Ayrim respublikaçi senatorlar kompensatsiya jamğarmasi noyabr oyida bölib ötadigan oraliq Kongress saylovlari arafasida saylovçilar tomonidan salbiy qabul qilinişi mumkinligidan xavotirda.
Köplab amerikaliklar Eron bilan uruş tufayli yonilği va oziq-ovqat narxlari keskin oşib ketganidan şikoyat qilmoqda. Biroq Tramp bu masala uning asosiy ustuvor yönalişi emasligini bir neça bor bildirgan.
Şuningdek, respublikaçilarning bir qismi Trampning Oq uy yonida katta bal zali quriş rejasidan ham norozi böldi. Migratsiya paketiga prezident xavfsizlik xizmati ehtiyojlari uçun qöşimça 1 milliard dollar ham kiritilgan bölib, kelajakda mazkur obekt xavfsizligini ta’minlaş ham şu xizmat zimmasiga tuşadi.

















