Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh prokuratura bosh prokuror iste'fosi haqidagi mish-mishlarni yana bir bor rad etdi
Avvalroq, ayrim Telegram kanallar va ijtimoiy tarmoqlarda bosh prokuror Otabek Murodov lavozimini tark etgani hamda uning o‘rnini ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov egallagani haqida ma'lumot paydo bo‘ldi.
Shu bilan birga, Bosh prokuratura matbuot xizmati o‘shandayoq bosh prokuror Otabek Murodov mahkamadagi o‘z ishini davom ettirayotgani to‘g‘risida ma'lum qildi.
Bundan tashqari, O‘zA xabariga ko‘ra, Nukus shahrida joriy yil sentabr oyida o‘z faoliyatini boshlashi kutilayotgan Prezident maktabining qurilish ishlari boshlandi. Muassasaga tamal toshi qo‘yilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari mas'ullari, jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan.
Ushbu ta'lim muassasasining asosiy maqsadi hududlarda iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularning har tomonlama yanada yuksalishi uchun zarur sharoitlar yaratishdir. Eng qobiliyatli o‘quvchilar tanlab olinadigan bu maktabda yoshlarga matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlari, axborot texnologiyalari va xorijiy tillar ilg‘or ta'lim uslublari asosida chuqur o‘rgatiladi.
Prezident maktabi qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining birinchi o‘rinbosari O.Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori O.Murodov ishtirok etgan.
Bugun, 11 mart kuni, Bosh prokuratura matbuot xizmati Otabek Murodov hozirda mamlakat rahbariyati topshirig‘i bilan Navoiy viloyatida bo‘lib turgani haqida xabar berdi. U viloyatga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan kelgan.
Mavzuga oid
19:10 / 09.01.2022
Mustafoyevdan Yo‘ldoshevgacha. O‘zbekistonning olti bosh prokurori haqida
15:49 / 23.04.2021
«Tekshiruvchi ham, tekshiriluvchi ham bitta tuzilmada» - Nig‘matilla Yo‘ldoshev inspeksiyalar mustaqil emasligi haqida
14:18 / 23.04.2021
2020 yilda 106 ming gektar yer hokimliklar tomonidan noqonuniy ajratilgan – Bosh prokuratura
23:28 / 17.07.2020