O‘zbekiston | 21:34 / 30.11.2025
12905
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada havo ifloslanishi rekord darajani tashkil etdi

30 noyabr soat 20.00 holatiga Farg‘ona shahrida havo ifloslanish darajasi rekord darajaga yetgan va 1093 ko‘rsatkichni tashkil etgan. Bu hayot uchun o‘ta xavfli degani.

Saytdan skrinshot

Iqair.com sayti ma’lumotiga ko‘ra, 30 noyabr soat 20.00 holatiga Farg‘ona shahrida havo ifloslanish darajasi rekord darajaga yetgan va 1093 ko‘rsatkichni tashkil etgan. Bu hayot uchun xavfli degani.

Soat 21.00 holatiga ushbu ko‘rsatkich 963ni tashkil etmoqda.

Farg‘ona shahar hokimligining xabariga ko‘ra, obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan shahar ko‘chalari, yo‘l yoqalari va hududlardagi daraxt-butalarga muntazam ravishda suv sepish ishlari olib borilmoqda.

Shu bilan birga barcha yashil hududlarda sug‘orish ishlari kun davomida belgilangan jadval asosida amalga oshirilmoqda.

Farg‘onaga xizmat safariga borgan Kun.uz manbalari bu yerdagi havo sifati Toshkent shahridagidan ham ko‘ra yomonligini qayd etishmoqda.

Mavzuga oid