Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farmatsevtika texnik universiteti – mintaqada oliy ta’limning yangi darajasi
Foto: Farmatsevtika texnik universiteti
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2020 yil 28 yanvardagi PQ-4574-son qarorga muvofiq “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri tashkil etildi. Mazkur klaster hududida esa zamonaviy va xalqaro darajadagi kadrlar tayyorlash maqsadida Farmatsevtika texnik universiteti faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Universitetning asosiy ustunligi – xalqaro universitetlarning ta’lim dasturlari asosida ta’lim berilishidir.
Ta’lim yo‘nalishlari:
* Farmatsiya – De Montfort universiteti (Buyuk Britaniya)
* Biotibbiyot – Sunderland universiteti (Buyuk Britaniya)
* Biokimyo – Sunderland universiteti (Buyuk Britaniya)
* Biznes boshqaruvi – De Montfort universiteti (Buyuk Britaniya)
* Biznes data analitika – De Montfort universiteti (Buyuk Britaniya)
* Sanoat farmatsiyasi va kosmetika – Yonsei universiteti (Koreya)
Ta’lim jarayonlari to‘liq ingliz tilida olib boriladi. Bu esa bitiruvchilarga xalqaro mehnat bozorida ham raqobatbardosh bo‘lish imkonini beradi.
Universitetda dual ta’lim joriy etilgan: talabalar o‘qish bilan bir vaqtda “Tashkent Pharma Park” hududidagi xalqaro ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot o‘taydi. Natijada nazariya darhol amaliyot bilan mustahkamlanadi.

Talabalar yozgi maktablar (summer school), xorijda amaliyot o‘tash va xalqaro almashinuv dasturlarida ishtirok etadi. Bu amaliyotlar xalqaro tajriba olishlari va jahon ilmiy hamjamiyatiga oson qo‘shilishlari uchun zamin yaratadi.
Universitet hayot fanlari yo‘nalishida Britaniya diplomini berishi bilan MDXda yagona bo‘lib turibdi.
E’tiborlisi, endilikda farmatsiya yo‘nalishida magistr darajasini olish uchun 7 yil emas, 5 yil kifoya qiladi. De Montfort University MSci Pharmacy dasturi 5 yilda Britaniya magistri darajasini beradi.
Universitetning yangi o‘quv binosi Koreyaning Hanshin, Samsung va Hyundai kompaniyalari konsorsiumi tomonidan barpo etilmoqda.

Prezidentning 2026 yil 5 martdagi PF-35-son farmoni bilan universitet faoliyati yanada kengaymoqda. Yaqin yillarda dunyoning yetakchi universitetlari bilan tibbiyot, muhandislik, robototexnika va mexatronika kabi yo‘nalishlarda yangi dasturlar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
Kirish talablari:
* Farmatsiya, Biotibbiyot va Biokimyo yo‘nalishlari uchun – IELTS 5.5 (har bir bo‘lim kamida 5.0)
* Biznes boshqaruvi, Biznes ma’lumotlari tahlili (IT) hamda Sanoat farmatsiyasi va kosmetika yo‘nalishlari uchun – IELTS 5.0 (har bir bo‘lim kamida 5.0)
* Shuningdek, mahalliy CEFR sertifikati ham qabul qilinadi (yo‘nalishlarga qarab kamida B1 48 yoki B2 55)
Universitet haqida batafsil ma’lumot olish uchun:
Reklama huquqi asosida